2019 Karbala portlashi
Qiyofa
2019-yil 20-sentabr kuni Iroqning Karbalo shahri yaqinida mikroavtobusda portlash sodir bo‘lib, 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi va kamida besh kishi jarohatlandi[1]. Bomba portlash Iroqda 2013-2017-yillardagi urush tugaganidan beri tinch aholiga qarshi qilingan eng yomon hujumlardan biri boʻldi[2].
Hujum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iroq janubidagi Karbalo shahrida nomaʼlum shaxs mikroavtobusga o‘tirib, bir ozdan so‘ng sumkasini qoldirib tushdi. Ko‘p o‘tmay portlab, 12 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi. Keyinroq gumondor qo‘lga olindi va javobgarlikni Iroq va Shom islomiy davlati o‘z zimmasiga oldi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Iraq: Minibus explosion outside Karbala kills 12“. India Today. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Minibus Bombing Outside Iraq's Karbala Kills 12, Injures 5“. Voice of America. Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
- ↑ „ISIL claims bus bombing in Iraq's Karbala that killed 12“. Al Jazeera English. Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |