Kontent qismiga oʻtish

2009-yil Kriket boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2009-yilgi kriket boʻyicha ayollar oʻrtasidagiJahon kubogi finali 2009-yil 22-mart kuni Avstraliyadagi Shimoliy Sidney Ovalda oʻtkazilgan. Angliya ayollar kriket jamoasi va Yangi Zelandiya ayollar milliy kriket jamoasi oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtdi. Bu turnir toʻqqizinchi marta 2009-yilgi ayollar oʻrtasidagi kriket boʻyicha Jahon kubogining soʻnggisi boʻldi. Angliya Yangi Zelandiya bilan finalda toʻqnash keldi va toʻrtta toʻp farqi bilan gʻalaba qozonib, uchinchi Jahon kubogi hamda Angliyadan tashqarida erishilgan birinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu ikki jamoa jahon chempionatining final bosqichida ikkinchi marta toʻqnash kelishdi. Ilk marta Angliya 1993-yilda oʻzining oxirgi finalida gʻalaba qozongan.

ICC ayollar oʻrtasidagi bahslarn muvaffaqiyatli rivojlantirgan va kengaytirgan boʻlsa-da, 2005-yilda 15 ta aʼzo davlatdan 2007-yilda 42 tagacha, eng yaxshi toʻrtta jamoa – Avstraliya, Angliya, Hindiston va Yangi Zelandiya – va qolgan jamoalar oʻrtasida tafovut ortib bordi[1]. 2008-yilda Angliya, keyin esa Avstraliya oʻzlarining baʼzi ayol oʻyinchilari uchun shartnomalar taklif qilgan ilk jamoalar[2], Angliya terma jamoasi sardori Charlotte Edwardsning aytishicha, bu oʻyinchilarga „kriketdan tashqari boshqa ishlar haqida qaygʻurmasdan mashgʻulotlarga kirishish“lari talab qilingan[3]. Musobaqa oldidan Cricinfodan Jenny Roesler Avstraliya va Angliya bilan bir qatorda Yangi Zelandiyani musobaqada gʻalaba qozonish uchun asosiy favorit ekanligini bayon qildi[4]. Yangi Zelandiya terma jamoasi sardori Haidee Tiffenning aytishicha, „Avstraliya, Yangi Zelandiya, Angliya va Hindiston teng kuchga ega va har qanday jamoa omadi kelsa boshqasini magʻlub eta oladi. Bu maʼlum bir favoritlarsiz ochiq turnir“[5]. Angliya jamoasi aʼzosi Claire Taylorning aytishicha, Avstraliya 2005-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan asosiy sportchilarini jarohat hamda yosh sababli yoʻqotib qoʻyganidan keyin qiyinchilik tugʻdirishi mumkin, deb hisoblagan[5].

  1. Velija, Philippa „Women at the Wicket: The Development of Women's Cricket in England and Overseas“, . Cricket and Globalization Rumford: . Newcastle upon Tyne: Cambridge Scholars Publishing, 2010 — 115–116-bet. ISBN 978-1-4438-2370-8. 
  2. Roesler, Jenny. „Australia women handed contracts“. ESPNcricinfo (2008-yil 30-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  3. de Lisle, Tim. Young Wisden: A New Fan's Guide to Cricket. London: John Wisden & Co [2007], 2011 — 40-bet. ISBN 978-1-4081-2463-5. 
  4. Roesler. „A three-way battle to stand on top of the world“. ESPNcricinfo (2009-yil 6-mart). Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Women's World Cup teams guide“. BBC Sport (2009-yil 1-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.