20-Yanvar yodgorligi
"20-Yanvar" (ozarbayjoncha: 20 Yanvar) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida fojiali voqealar qurbonlari xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik. 19 dan 20-yanvarga oʻtar kechasi Sovet armiyasining boʻlinmalari Bokuga siyosiy muxolifatni bostirish uchun kiritildi, bu esa yuzdan ortiq tinch aholining oʻlimiga olib keldi. Yodgorlik Yasamal tumani hududida, „20-Yanvar“ yoʻl halqasi yonida oʻrnatilgan[1]. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar Javanshir Dadashov (Cavanşir Dadaşov) va Azad Aliyev (Azad Əliyev) va arxitektor Adalat Mammadov (Ədalət Məmmədov)[2][3].
Yodgorlik oʻrnatilgan aylanada sovet davrida XI Qizil armiya boʻlinmasining Bokuga kirishi sharafiga oʻrnatilgan monument bor edi[1]. U 1980-yil 18-aprelda oʻrnatilgan edi[4]. 1990-yil 20-yanvar fojiasidan keyin bu yodgorlik olib tashlandi. „20-Yanvar“ Yodgorlik majmuasi qurilishi 2009-yil oktabr oyida boshlangan. Yodgorlikning ochilishi 2010-yil 20-yanvarda boʻlib oʻtdi. Marosimda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, prezident maʼmuriyati rahbari Ramiz Mehdiyev, Ozarbayjon Milliy majlisi deputatlari, Yasamal viloyati ijroiya hokimiyati rahbari Ibrohim Mehdiyev, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Majmuaning umumiy maydoni 1500 m² ni tashkil qiladi. Yodgorlik poydevori bilan birga balandligi 8 metrga teng. Yodgorlikda qoʻshinlarni oʻz shahriga kiritmaslikka qaror qilgan bir guruh odamlar tasvirlangan; ularning baʼzilari allaqachon tushib ketgan. Yodgorlikning granit poydevorida 147ta fojia qurbonlarining, shuningdek, shohsupada Haydar Aliyevning[3] soʻzlari joylashgan:
1990-yil 20-yanvar Ozarbayjon tarixiga eng fojiali kunlardan biri, ayni paytda xalqimiz qahramonligi sahifasi sifatida kirdi.
Original matn (ozar.)1990-cı il yanvarın 20-si Azərbaycanın tarixinə ən faciəli günlərdən biri, eyni zamanda xalqımızın qəhrəmanlıq səhifəsi kimi daxil olmuşdur.[3]