100 Mumtoz Faylasuf
Muallif(lar) | Joʻrayeva Saida |
---|---|
Tarjimon(lar) | Joʻrayeva Saida |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar |
Nashr etilgan sanasi | 2015-yil |
Nashriyot | „Yangi asr avlodi“ |
Sahifalar soni | 400 |
ISBN | ISBN 978-9943-27-366-5 |
100 Mumtoz Faylasuf — tarjimon va toʻplovchi Saida Joʻrayeva tomonidan toʻplangan va 2015-yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyotida bosib chiqarilgan aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar haqidagi kitob[1].
Kitobning asosiy mazmuni XX asrga qadar yashab, ijod qilgan eng buyuk 100 ta buyuk faylasuflarning hayot, olam va boshqa turli mavzulardagi ibratli gaplari, aforizmlaridan iborat. Kitobdagi faylasuflar muallif tomonidan toʻplangan. Kitobning muqovasi qattiq boʻlib, oʻlchami 60×84 1/16. Kitob oʻzbek tilida, kirill alifbosida nashr etilgan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Maʼmura Qutliyeva — muharrir, Madina Mahmudova — musahhih, Uygʻun Solixov — badiiy muharrir, Sunnat Musamedov — komputerda sahifalovchi, Surayyo Axmedova — texnik muharrir. Kitobni bosishga 2015-yil 20-noyabrda ruxsat berilgan. Adadi 3000 nusxa. Litsenziya raqami: AI№252.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „100 Mumtoz Faylasuv“. kitobxon.com.