Kontent qismiga oʻtish

Şakir Bayhan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Şakir Bayhan

Şakir Bayhan 1983-yilda
Tavalludi 4-oktyabr 1938-yil
Vafoti 15-fevral 2019-yil(2019-02-15)
(80 yoshda)
Anqara, Turkiya
Taʼlimi Istanbul universiteti, Oʻrmonchilik, Injinering

Şakir Bayhan (1938-yil 4-oktabr – 2019-yil 15-fevral) [1] – turk leksikografi[2] va oʻrmon xoʻjaligi muhandisi[3].

Bayhan 1938-yilda Chernogoriyaning Bijelo Polye shahrida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniya bosqinining bosimi ostida ushbu kichik shaharchada boshlangʻich maktabda oʻqigan.

Serbiyaning Novi Pazar shahrida oʻrta maktabni tamomlagan[4]. Soʻng, 1959-yilda oilasi bilan Turkiyaga koʻchdi.

1969-yilda Istanbul universitetining oʻrmon xoʻjaligi fakultetini oʻrmon muhandisi sifatida tamomladi. Soʻng Turkiya Oʻrmon xoʻjaligi vazirligida bosh oʻrmon muhandisi lavozimida ishlay boshladi va 2002-yilda nafaqaga chiqdi.

Leksikografiya ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet yillarida u sobiq Yugoslaviya tillari (bosniya, serb, xorvat) ustida ishlay boshlagan.

1969—1970-yillarda harbiy xizmatda boʻlganida Gʻarbiy Bolqon tillari boʻyicha tadqiqotlar qilgan. Keyinchalik 9 yillik mehnati natijasida 15000 soʻzdan iborat qoʻlda yozilgan serbcha-xorvatcha/turkcha lugʻat tayyorladi. 2000-yillarning boshida Turk tillari uyushmasi[5] bilan hamkorlikda ish boshlagan. Bu hamkorlik va mashaqqatli mehnat natijasida 2015-yilda 30.000 dan ortiq soʻzli bosniyacha/turkcha lugʻatni tuzishdi[6].

Bayhan Bolqon mamlakatlarida yashovchi yoki bir necha yillar avval uchinchi mamlakatlarga koʻchib kelgan lugʻatshunos va tilshunos olimlar hamkorligida eski soʻzlar, idiomalar, sinonimlarni kashf borasida Bolqon tillarini oʻrganishga ham katta hissa qoʻshgan[7].

Uning nashrlaridan ko‘plab tilshunoslar, lug‘atshunoslar[8] va olimlar akademik yozishda manba sifatida foydalanmoqdalar, shuningdek, Bolqon madaniyati, siyosati va boshqa masalalarga oid maqolalarda ham ulardan keng qo‘llanilmoqda[9][10][11].