İzmir koʻrfazi
İzmir koʻrfazi | |
---|---|
İzmir Körfezi (Turkcha) | |
Izmir ko'rfazi Xalqaro kosmik stansiyadan koʻrinishi | |
Morfometriya | |
Uzunligi | 64 km (40 mi) |
Kengligi | 32 km (20 mi) |
Maydoni | 960.4 km2 (370.8 kv mi) |
Sohil chizigʻining uzunligi | 464 km (288 mi) |
Maksimal chuqurligi | 100 m (330 ft) |
Joylashuvi | |
Hudud | Izmir |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 38°29′N 26°49′E / 38.483°N 26.817°E |
İzmir koʻrfazi (Turkchada: İzmir Körfezi) – Qoraburun yarim oroli va Foça materigi orasida joylashgan Egey dengizidagi koʻrfaz. Avvalgi nomi Smirna koʻrfazi deb atalgan. Uzunligi 64 km (40 milya), kengligi 32 km (20 milya). Turkiyaning eng mashhur port shaharlaridan biri Izmir shahri koʻrfazi hisoblanadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]İzmir koʻrfazi shimoliy tomondan Qoraburun yarim oroli Kanlıkaya burnidan Aslan burnigacha boʻlgan hududda chegaralandi[1]. Koʻrfazning maydon kattaligi 960,4 km2 (370,8 kv milya), qirgʻoq uzunligi 464 km (288 milya)gacha yetadi[2].
İzmir koʻrfazida bir nechta orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Turkiyaning toʻrtinchi oroli Uzunada hisoblanadi. Bundan tashqari koʻrfazda Hekim oroli, Foça orollari, Fener Ada, Incir Ada, Metalik Ada, Çiçek, Incirli kabi orollar bor[3]. Koʻrfazga oʻn yettita daryo suvlari kelib quyiladi. Ulardan Gediz va Meles suvlari mashhur. Gediz daryosi koʻrfazning shimoli-sharqidan oqib oʻtadi. İzmir koʻrfazi toʻrtlamchi geologik erada shakllangan boʻlib, sharq-gʻarbiy tomonlaridagi yoriqlarning siljishi natijasida chuqurliklar hosil qilgan[4].
Flora va faunasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrfazning shimoliy-sharqiy tomoni asosan Oʻrta yer dengizi mushuklarining odatiy yashash joyiga aylangan. Shimoliy zonalarda koʻproq jannat qushlari va Çakalburnu qushlarining yashash va koʻpayish hududidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrfaz atrofidagi ilk aholi hududlari neolit davrida shakllana boshlangan. Eng mashhhur aholi punkti miloddan avvalgi 3300-yillarda Bayraklı shahri atrofida tashkil qilingan. U Smirna deb atalgan. Tarixda mashhur Anqara jangidan keyin Amir Temur Izmirga yurish qiladi va 1402-yilda Izmir port qal’asi atrofini egallab, qal’ani vayron qildiradi[5]. Birinchi jahon urushi davrlarida 1916-yil martda Sancakburnu qal’asi, 1916-yil mayda esa Uzunada atrofidagi dengizlarda janglar boʻlib oʻtgan[6].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrfazning sharqida Izmir porti joylashgan, u yuk va yoʻlovchilar uchun hizmat koʻrsatadi. Port konteyner hajmiga koʻra mamlakatda yettinchi va yuk hajmi boʻyicha esa oʻn uchinchi oʻrinda turadi[7][8]. Koʻrfazda jami toʻqqizta faol yoʻlovchilar tashish uchun kemalar bor. Balçova va Çiğli tumanlari orasida avtomobil va temir yoʻl aloqalari tashkil qilingan[9].
Ifloslanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ifloslanish koʻrfazda koʻproq chiqindini suvga tashlash orqali kuzatiladi. Bu aholi soni 200 000 boʻlganida unchalik muommo keltirib chiqarmagan. Ammo aholi soni 500 000 dan osha boshlagach, sanoatning rivojlanishi bilan chiqindilar ham koʻpayib borgan. Suzish uchun ham suv yaroqsiz ahvolga kela boshlagan. 1990-yillarda aholi soni 1.7 milliondan oshib, ifloslanish darajasi ham sezilarli ortgan. Koʻrfaz baliqlari tarkibida ham ogʻir metall elementlari aniqlangan[10]. Shundan keyin 1992-yilda İZSU tomonidan Buyuk kanal loyihasi ishlab chiqilgan va tozalash ishlari olib borilgan. Loyiha 2002-yil oktabrda ishga tushirilib, chiqindi suvlarining koʻrfazga tushishi oldi olindi. 2010-yilga kelib koʻrfaz batamom tozalanganligi va dengiz suvi normal holatga keltirilganligi tasdiqlandi[11].
Dam olish maskani
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki koʻrfazda Karşıyaka Spor Kulübü va Göztepe Spor Kulübü tomonidan yelkanli kemalar tashkil qilingan. 2017-yildan beri İzmir koʻrfazida har yili yaxta, yelkanli kemalar, eshkash eshish, ajdaho qayiq musobaqalari oʻtkazilib kelinadi[12]. Koʻrfazda İnciraltı dengiz muzeyi, Zübeyde Hanım taʼlim muzeyi kemasi ham joylashgan. Koʻrfaz atrofini toʻqqizda moviy bayroqli plyajlar oʻrab turadi[13]. Madaniy va tabiiy meʼrosni muhofaza qilish maqsadida koʻrfazning bu hududlarida suvga shoʻngʻish mumkin emas[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tekeli, İlhan „İzmirlilerin Denizle İlişkisini Güçlendirmekte Uygulanacak Tasarım Stratejisi“. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ Güçlüsoy, Harun (March 2016) „"İzmir Körfezi'nin Deniz ve Kıyı Koruma Alanları"“. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ Dağarcık Türkiye „"İzmir Körfezi'ni Coğrafi Bilgi Sistemi ile Tanımak"“. 2019-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ Tekeli, İlhan „İzmirlilerin Denizle İlişkisini Güçlendirmekte Uygulanacak Tasarım Stratejisi“. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ Tekeli, İlhan „İzmirlilerin Denizle İlişkisini Güçlendirmekte Uygulanacak Tasarım Stratejisi“. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ Yeni Asır „"Körfezde 4 düşman batığı var“. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ Deniz Ticareti Genel Müdürlüğü „"Yük İstatistikleri"“. 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-may.
- ↑ Deniz Ticareti Genel Müdürlüğü „"Konteyner İstatistikleri“. 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-may.
- ↑ Yeni Asır „"5 milyarlık dev projede ilk adım"“. Qaraldi: 2016-yil 31-may.
- ↑ Arkitera „"İzmir Körfezi'nin kurtuluşu olan Büyük Kanal Projesi yüzde yüze ulaştı"“. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ Posta „"İzmir Körfezi yeniden canlandı"“. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ TRT Haber „"İzmir Körfez Festivali'nde yarış heyecanı"“. Qaraldi: 22-sentabr 2018.
- ↑ Foundation for Environmental Education „"Blue Flag"“. Qaraldi: 28-aprel 2020.
- ↑ T.C. Resmî Gazete „"Su Altında Korunması Gerekli Kültür ve Tabiat Varlıkları ile İlgili Olarak Kültür Bakanlığı'nca Tespit Edilen ve Koordinat Listesi ve Haritalarda Belirtilen Bölgelerde Dalış Yasağının Uygulanması Hakkındaki 89/14235 ve 98/11087 Sayılı Kararnamelerin Yürürlükten Kaldırılması Hakkında Karar"“. Qaraldi: 27-iyul 2019.