Kontent qismiga oʻtish

Pavel Yorkin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yorkin Pavel Konstantinovichdan yoʻnaltirildi)

Pavel Konstantinovich Yorkin [1891.10(22). 2, Kiyev - 1952.9.12, Toshkent] — balet artisti, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1952), oʻzbek professional balet sanʼatini yaratuvchilaridan. 1910—35 yillarda Kiyev, Odessa, Harkov, Dnepropetrovsk, Rostov, Tbilisi opera va balet teatrlarida solist, baletmeyster va badiiy rahbar. 1935— 38 yillarda Toshkent rus opera va balet teatrida baletmeyster va pedagog-repetitor. 1944—52y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bosh baletmeyster. Eng yaxshi postanovkalari: "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafyev), "Koppeliya" (L. Delib), "Don Kixot" (L. Minkus), "Qizil gul" (R. Glier), "Raqqosa" (G. Mushel), "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy), "Oqbilak" (S. Vasilenko) va b. 17 ta opera raqslarini sahnalashtirgan. 1944 i. da teatr qoshida balet studiyasi tashkil qilib, 1948-yil gacha rahbarlik qilgan. Y. tashabbusi bilan Moskva xoreografiya bilim yurti krivda oʻzbek balet studiyasi tashkil qilingan (1948—51).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil