Kontent qismiga oʻtish

Yogʻoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yog‘ochdan yoʻnaltirildi)
Daraxt tanasining koʻndalang kesilgani
Kokos palmasi ustunlari

Yogʻoch — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va boshqa organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi.

Yogʻoch daraxtning poʻstlogʻi ostidagi qattiq qismi. Botanika nuqtai nazaridan tabiiy selluloza tolalari birikmalari joylashtirilgan lignin matritsasidan tashkil topgan organik modda. Tirik daraxt tanasida yogʻoch tayanch vazifasini oʻtab, tashqi xavf-xatardan (masalan, yiqitilishdan) saqlaydi. Shuningdek u tomirdan shox va barglarga suv yetkazib berish vazifasini ham oʻtaydi. Yogʻoch massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yogʻoch daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi.

Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va boshqa) oʻzaklari birbiridan rangi bilan farqdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang , qayin va boshqa)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yogʻochdan olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang , nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va boshqa, ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va boshqa daraxtlar kiradi. Yogʻoch daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. . Yogʻoch ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yogʻoch hisoblanadi. Yogʻochning boshqa turlari (taxta, faner va boshqa) shu dumalok, yogʻochni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan yogʻoch hisoblanadi.

Foydalanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yogʻoch koʻp ming yillar davomida asosan yoqilgʻi va qurilish moli sifatida hizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yogʻoch ish qurollari, cholgʻu asboblari, mebel, qogʻoz va boshqa ishlab chiqarilishida ishlatiladi. Yogʻoch dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va boshqa koʻrinishda ishlatiladi. Yogʻoch qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va boshqa), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va boshqa ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi [1]

Yer yuzida 1 trillion tonna yogʻoch boʻlib, bu koʻrsatkich yiliga 10 milliard tonnaga koʻpaymoqda.

Eng qadimgi daraxtlar qoldiqlari 2011-yilda Kanadaning Nyu-Bransuik provintsiyasida topilgan boʻlib, ularning yoshi taxminan 395-400 million yilni tashkil qiladi[2].

Fizik hossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yogʻochning fizik xossalari tashqi koʻrinishi (rangi, yaltirashi, teksturasi), zichligi, namligi, gigroskopikligi (nam oʻtkazishi), issiqlik sigʻimi va boshqa xossalari bilan ifodalanadi.

Kimyoviy hossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yogʻoch savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. N.B. fossils show origins of wood www.cbc.ca