Kontent qismiga oʻtish

Kunjak madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoʻldoshboy madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Kunjak madrasasi
Hammomi kunjak madrasasi
Hoji Yoʻldosh madrasasi
Yoʻldoshboy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Imom Buxoriy MFY, Amiriy koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy
Homiylar Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy
Asosiy sana:
XX asr boshlari
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Ayanchli ahvolga kelib qolgan
Hujralar soni 7 (10—12 ta boʻlgan)
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Kunjak madrasasi (Hammomi kunjak madrasasi; Hoji Yoʻldosh madrasasi; Yoʻldoshboy madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa XX asring boshida Buxoro amirligi poytaxtining Hammomi kunjak guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy ismli shaxs mablagʻlari evaziga Hammomi kunjak masjidi yonida bunyod etilgan[2][3]. Shu sababdan ham bu oʻquv dargohi Hoji Yoʻldosh yoki Yoʻldoshboy madrasasi nomlari bilan ham yuritiladi[4].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Mir Baxriddin ibn Sadriddin muhri bilan tasdiqlangan[2].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2014-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratilgan[5].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].

2020-yil maʼlumotlariga koʻra, Kunjak madrasasining butligini saqlash, uning holatini yaxshilash, restavratsiya qilish hamda sayyohlar uchun jozibador obyektga aylantirish boʻyicha investor tomonidan loyiha taqdim etilgan. Madrasaning negizida turistik xizmat koʻrsatish obʼekti tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha tayyorlanib, Oʻzbekiston Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy-ekspert Kengashiga taqdim etilgan[6].

Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYga qarashli Amiriy koʻchasida joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan[3]. 7 hujradan tashkil topgan (ilgari 10-12 hujrasi boʻlgan)[2].

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.