Aleksandr Yakubovskiy
Aleksandr Yuryevich Yakubovskiy (1886.20.1, Sankt-Peterburg 1953.21.3, Leningrad) – sharqshunos va tarixchi.
SSSR Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademik (1951), Oʻzbekiston (1943), Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Sankt-Peterburg u-ntining tarix-filologiya (1913), Leningrad universitetining sharq fakultetini (1924) tugatgan. 1925-yildan Moddiy madaniyat tarixi davlat akademiyasi (keyinchalik institut)da, ayni paytda 1928-yildan Ermitajda ishlagan; soʻng Leningrad universiteti professor (1935-yildan), sugʻd-tojik arxeologik ekspeditsiyasining rahbari (1945-yildan). Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Oltin Oʻrda, Iroqning oʻrta asrlar tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyati, tarixi, oʻzbeklar va tojiklar etnogenezi, Ibn Sino hayoti va uning davriga oid tadqiqotlar muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda, T., 1941;
- Oltin Oʻrda va uning qulashi [B.D.Grekov bilan hamkorlikda], T., 1956.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |