Boris Yakobi
Boris Semyonovich Yakobi (1801.21.9, Potsdam 1874.27.2, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1842), akademik (1847). Gyottingen untida oʻqigan. Derpt universiteti (Kyonigsberg) professor (1835). 1837-yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qoʻllanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tangachaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qoʻllash bilan shugʻullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi boʻlib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini oʻrnatdi, galvanometrning bir necha konstruksiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |