Kontent qismiga oʻtish

Hokusai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xokusay Katsusikadan yoʻnaltirildi)
Hokusai

Haqiqiy ismiKatsushika Hokusai
Tavalludi oktabr-noyabr, 1760
Edo, hozirgi Tokio, Yaponiya
Vafoti 18-aprel, 1849
Tokio
Sohasi rassom
Mashhur suratlari "Ulkan toʻlqin"

Katsushika Hokusai, Nakajima Tamekazu [1760 — Edo (Tokio) — 1849.18.4] — yapon rassomi, Ukiyoe yoʻnalishining yirik namoyandasi. Yapon gravyurasida manzara janri asoschisi. Katsukava Shunso va boshqa ustalardan taʼlim olgan (1777—78). Xitoyning Min davri, Kano maktabi rassomligini oʻrgangan, "goʻzallar", "odamlar", manzara janrlarida ijod qilgan. 30 mingga yaqin gravyura va rasmlar yaratgan (15 jildli "Manga" kitobida, 181271). Yirik asarlarida dadil perspektiv samaralar taassuroti kutilmagan ranglar uygʻunligi orqali yapon manzaralarini oʻziga xos obrazini yarata olgan: "Fuji togʻining 36 koʻrinishi" turkumi (1823—29), "Turli viloyatlardagi yangi koʻpriklar" (1827—30), "Turli viloyatlar sharsharalari boʻylab sayohat" (1827—33), "Fudzi togʻining 100 koʻrinishi" (1834—35) va boshqa

X. asarlari hozirgacha qiziqib oʻrganiladi, koʻrgazmalarda namoyish etiladi, rassomlar (jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar) ijodiga taʼsiri kuzatiladi.

Ulkan toʻlqin

Hokusai (Katsushika Hokusai; 1760, Edo (hozirgi Tokio) — 10-may 1849, Tokio), ukiyo-e rassomi, oʻymakor - yapon san'atining buyuk dahosi. Bir necha taxalluslar ostida ijod qilgan.

Ishlari va ta'siri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuji togʻining oʻttiz olti koʻrinishidan ayrim ukiyo-elar:

Boshqa ishlari: