Kontent qismiga oʻtish

Xiva ichan qalʼa muzey-qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xiva ichan qalʼa muzey-qoʻriqxonasi – Xiva shahridagi muzey-qoʻriqxona; Xorazmning qadimiy moddiy va madaniy yodgorliklarini, avloddanavlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saqlash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanadigan madaniymaʼrifiy muassasa. 1920-yil Koʻhna Ark (Arzxona)da koʻrgazmamuzey tarzida ochilgan; 1924-yil Toshhovlita koʻchirilgan. 1969-yildan Xorazm tarixiyinqilobiy muzeyi „Ichan qalʼa“ muzeyqoʻriqxonasi bilan birlashtirilib, hozirgi nomi bilan ataladi. 1990-yilda Ichan qalʼa oʻzining tarixiy ahamiyatga ega maydonlari (Dishan qalʼa devori xarobalariga qadar boʻlgan hududi) bilan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Muzey-qoʻriqxona 26 ga maydonni egallagan boʻlib, uning tarkibida 54 ta tarixiy obidalar bor, 3253,2 kv. m maydonni Xorazmning qadimdan hozirgi davrigacha boʻlgan boy tarixi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini oʻzida aks ettirgan 13 ta doimiy muzeyekspozitsiyalar tashkil qiladi: Koʻxna Arkda – Qad. Xorazm; Muhammad Rahimxon madrasasida – Tarix va adabiyot; Qozi Kolon madrasasida – Musiqa tarixi; Shergʻozixon madrasasida – Tabobat; Islomxoʻja madrasasida – Xalq amaliy sanʼati; Abdullaxon madrasasida – Tabiat; Muhammad Panoh Madrasasida – Avesto; Toshhovlida – Hunarmandchilik; Arabxon madrasasida – Asosiy fond va boshqa

Muzey-qoʻriqxona fonddagi 50 mingdan ziyod eksponatlar (2004) – arxeologik topilmalar (1109 ta), qurolaslahalar (120), turli davrlarda zarb qilingan nodir tangalar (14895), amaliy sanʼat buyumlari (2309), uyroʻzgʻor anjomlari (1815), tasviriy sanʼat asarlari (127), noyob kitob va hujjatlar (4954), fotofotonegativ hujjatlar (3071) va boshqa noyob osoriatiqalarni, tarixiy obidalarni avaylab asraydi, ilmiy jihatdan oʻrganadi, ularni topilmalar bilan boyitadi va boshqa ishlarni amalga oshiradi.

Mustaqillik yillarida Shayx Mavlon bobo, Koʻhna Ark, Sayd Mahroʻyekon majmuasi, Shayx Qalandarbobo, Qibla Tozabogʻ majmualari, Bibi Xojar maqbarasi, Muhammad Rahimxon, Musa Toʻra madrasalari, „Ichan qalʼa“ koʻchalarida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Muzeyqoʻriqxona hududida sayyohlar uchun internet markazlari ochilgan.