Kontent qismiga oʻtish

Xiroj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xarajdan yoʻnaltirildi)

Xiroj, xaraj (arabcha,) – Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer soligʻi. Sosoniylar davlatipa Qavad I va uning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon oʻtkazgan soliq islohoti natijasida joriy qilingan yer soligʻi (xarag). X. ilk Xalifalik hududida „jizya“ atamasining sinonimi sifatida qoʻllanilib, musulmon boʻlmagan aholi bilan bir qatorda yer, suvga ega boʻlgan musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari Xiroj misoha (yer maydoni birligidan undirilgan) va X.muqosama (yerning sifati va sugʻorish usuliga qarab hosilning 1/4, 1/3 yoki 1/2 qismi hajmida undirilgan) ga ajratilgan. X. Usmonli turk imperiyasit 18-asr Oxirlariga kelib jizya bilan qoʻshilib ketgan. Misrda esa, 1907-yil daromad soligʻi bilan almashtirilgan.

Xiroj Oʻrta Osiyoda 7-asrda arablar tomonidan joriy qilingan. X. yigʻish uchun har bir viloyatga sarkor, kishloqqa devonbegi va kotib tayinlangan. Xiva xoni Muhammad Rahim I (1775—1825) X.ni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosil miqsoridan emas, balki yer egasining xoʻjaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qoʻqon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bu yerda ham X.ni natura oʻrniga pul bilan yigʻish rasm boʻlgan. Xiroj soligi arab xonligi tomonidan kirib kelgan.