Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:Sandboxdan yoʻnaltirildi)

O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurovlarning sevimli shogirdi, ularning munosib izdoshi, elda aziz san'atkor, elga suyukli san'atkor Rahmatjon Qurbonov 1959-yilning 20-sentabrida Xorazm viloyatining qadimiy va navqiron Xiva shahrida san'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Xudoybergan Hoji Qurbonov-umrining 45 yilini o'zbek san'ati va madaniyatini rivojlantirishga bag'ishlab, mazkur yillar davomida ko'pgina yoshlarga ashula va musiqadan saboq bergan. Onasi Leninza Aminova o'z davrida 13 nafar farzandni dunyoga keltirib, ularni oq yuvib, oq tarab, qahramon ona unvoniga ega bo'lgan mo'tabar ayollardan edi. Oiladagi farzandlarning ichida Rahmatjon beshinchi farzand bo'lib, yoshligidan san'atga ishtiyoqi borligini sezgan onasi uni otasining izdoshi va davomchisi bo'lishini niyat qilib, unga alohida e'tibor qaratdi. Shu sababli Rahmatjon 5 yoshidan boshlab, musiqa ilmidan ilk saboqni otasi Xudoybergan Hoji otadan ola boshladi. San'atkorlar oilasida voyaga yetgan Rahmatjon o'z davrida mashhur bo'lgan ko'plab san'atkorlar bilan muloqot qilib, ulardan ham saboq olishga intildi. Otasi san'atkor bo'lganligi sababli mashhur san'atkorlarning bu oilaga tashrif buyurishlari odatiy hol edi. Ustoz Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov ,Qurbonovlar xonadoniga tez-tez kelib turar va har kelganida u kishiga o'z davrining buyuk san'atkorlari Hojixon Boltayev, Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi) Sheroziy, Yusuf Dutoriy kabi ko'plab ustoz san'atkorlar ham hamroh bo'lardi. Bu san'atkorlarning san'ati Rahmatjonni o'ziga rom etib ulgurgandi. U 7 yoshidayoq o'z yo'lini tanlab bo'lgan edi.

Rahmatjon Qurbonov 1967-yildan 1975-yilgacha Xiva shahridagi musiqa maktabida rubob mutaxassisligi bo'yicha tahsil oldi. Mazkur bilim yurtida Ozod Matyoqubov, O'zbekiston xalq artistlari Abdusharif Otajonov, Matyoqub Rahimov kabi ko'pgina ustozlardan san'at sirlarini o'rgandi.

1975-yildan 1979-yilgacha Urganch shahridagi Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtida (hozirgi Urganch ixtisoslashtirilgan san'at maktabi) rubob mutaxassisligi bo'yicha o'qidi. Mazkur bilim yurtida Ozod Matyoqubov, O'zbekiston xalq artistlari Abdusharif Otajonov, Matyoqub Rahimov kabi ko'pgina ustozlardan san'at sirlarini o'rgandi. Ashula saboqlarini Abdusharif Otajonovdan, tanbur cholg'usi hamda Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizig'ini esa Ozod Bobonazarovdan oladi. Oliy o'quv yurtiga kirgunga qadar yosh ijrochilar o'rtasida o'tkaziladigan "San'at-saodatimdur" radio tanlovida faol ishtirok etgan. Nuriddin Aminjonov Rahmatjon Qurbonov va qator yosh ijrochilarning ovozlarini yozib olib, butun Respublika bo'ylab tanilishiga sababchi bo'lganlar.

1979-yilda oliy ma'lumotga ega bo'lish maqsadida Toshkent Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" kafedrasiga o'qishga kirib, mazkur dargohda dastavval Halima Nosirova sinfida, keyinchalik esa Shavkat Mirzayev, Orif Alimahsumov kabi buyuk san'atkorlardan ilk ta'limni oldi.

Toshkent shahri tarixi haqida

Toshkent shahrining 20-asrdagi tarixi

Toshkent shahrining 21-asrdagi tarixi.Toshkent shahri O'zbekistonning yuragi va yurtimizning poytaxt shahri hisoblanadi.O'tgan asrlarga ko'z tashlaydigan bo'lsak hozirgi vaqtgacha yangi qiyofaga ega bo'lib bormoqda.Toshkent shahrining har bitta ko'chalariga buyuk vatandoshlarimizning nomlari berilgan bo'lib, bu ham yurtimizning tarixini o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazishda amaliy manba hisoblanadi. Toshkent shahrining bugungi qiyofasining o'zgarishiga "yangi O'zbekiston"ni yaratish ham asosiy omil bo'lib hizmat qiladi.Bugungi kunda nafaqat, Toshkent shahri balki, yurtimizning boshqa viloyatlari ham tanib bo'lmas darajada chiroy ochib bormoqda. Bunga sabab Yurtboshimizning sa'y harakatlari va xalqimizning birdamligi , bir yoqadan bosh chiqarib olg'a borayotganligi so'zimizning isbotini beradi.