David Wechsler
Qiyofa
(Veksler Deviddan yoʻnaltirildi)
VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York universiteti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash V. shkalasi, "Xotiraning V. shkalasi" testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini ilgari surgan. V. "yolgʻonni aniqlash detektori" moslamasidan birini taklif etgan. Asosiy ishlari intellekt nazariyalari, dinamikasiga, katta yoshdagilarda intellekt va xotiraning yoshga koʻra oʻzgarishi kabi masalalarga bagʻishlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |