Ukraina prezidentlari roʻyxati
Ukraina prezidentlari roʻyxatida prezident boʻlgan yoki vaqtinchalik Prezidentlik lavozimini egallagan shaxslar roʻyxati shakllantirilgan boʻladi.
Ukraina Prezidenti lavozimi 1991-yil 5-iyulda Ukraina SSR Konstitutsiyasiga Oliy Rada tomonidan kiritilgan oʻzgartirishlar bilan asos solingan. Prezidentni ijro hokimiyati rahbari belgilaydi. U Oliy Rada tasdigʻiga Bosh vazir nomzodini taqdim etadi, vazirliklarni tashkil qiladi hamda tugatadi, vazirlarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qilish vakolatlariga ega boʻladi. 1996-yilda Ukraina Konstitutsiyasi qabul qilingandan soʻng, prezident ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi boʻlishni toʻxtatdi. U Oliy Radaning roziligi bilan Bosh vazirni tayinlaydi, unga vazirlikka nomzodlarni taklif qiladi. 2004-yil dekabr oyida Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritganidan soʻng, u Oliy Rada tomonidan taklif qilingan Bosh vazirni tasdiqladi va tasdiqlash uchun faqat Mudofaa vaziri va Tashqi ishlar vaziri nomzodlarini taqdim etgan. 2010-yil oktabr oyida Ukraina Konstitutsiyaviy sudi 2004-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni bekor qildi va Prezident 1996-yil Konstitutsiyasida belgilangan huquqlarni oldi. 2014-yil 21-fevralda Ukraina Oliy Radasi 2004-yilgi Konstitutsiya qoidalariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritib, yangilagan.
2021-yildan boshlab Ukrainaning „Ukraina Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonuniga muvofiq, saylov kuni 35 yoshga toʻlgan, saylash huquqiga ega, davlat tilini biladigan va saylov boʻlishidan oldin 10 yil Ukrainada yashagan boʻlishi talab etiladi.
Qonunchilik Ukrainada davlat rahbarini saylash tartibini belgilaydi. Ular „Ukraina Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“ gi Ukraina qonuniga muvofiq oʻtkaziladi[1]. Ukrainadagi Prezidentlik saylovlari tarixan zamonaviy Ukrainadagi saylovlarning birinchi turiga aylangan[2].
Ukraina Oliy Radasi Ukrainada navbatdagi Prezidentlik saylovlarini saylov kuniga 100 kundan kechiktirmay belgilaydi[1].
Ukrainaning saylangan Prezidenti bir qator imtiyozlarga ega boʻladi. U oʻz vakolatlari davomida daxlsizlik huquqidan foydalanadi, parlamentning impichment qilish huquqi bundan mustasno. Ukraina Prezidentining maqomi unga nisbatan impichment tartibi qoʻllanilmagan boʻlsa qonun bilan himoyalangan va shaxs tomonidan umrbod saqlanib qoladi. Ukraina Konstitutsiyaning 105-moddasiga muvofiq, Ukraina Prezidentining shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilganlik uchun aybdorlar qonun asosida javobgarlikka tortiladilar, ammo bunday qonun hali qabul qilinmagan[3].
Roʻyxat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Partiyaga mansublik
Partiyaviy bo'lmaganlar
Наша Украина
Mintaqalar partiyasi
Батькивщина
Yoʻq. | Ism | Fotosurat | Vakolat muddati | Davomiyligi | Partiyaviyligi | |
---|---|---|---|---|---|---|
Boshlash | Oxiri | |||||
1 | Leonid Makarovich Kravchuk (1934-2022) |
1991-yil 5-dekabr | 1994-yil 19-iyul | 956 kun | partiyasiz | |
2 | Leonid Danilovich Kuchma (1938-yilda tugʻilgan) |
1994-yil 19-iyul | 1999-yil 14-noyabr | 1944 kun | partiyasiz | |
1999-yil 14-noyabr | 2005-yil 23-yanvar | 1897 kun | ||||
3 | Viktor Andreevich Yushchenko (1954-yilda tugʻilgan) |
2005-yil 23-yanvar | 2010-yil 25-fevral | 1859 kun | Bizning Ukraina | |
4 | Viktor Fyodorovich Yanukovich (1950-yilda tugʻilgan) |
2010-yil 25-fevral | 2014-yil 22-fevral | 1457 kun | Mintaqalar partiyasi | |
– | Aleksandr Valentinovich Turchinov (1964-yilda tugʻilgan) |
2014-yil 23-fevral | 2014-yil 7-iyun | 104 kun | Batkivshchina | |
5 | Pyotr Alekseevich Poroshenko (1965-yilda tugʻilgan) |
2014-yil 7-iyun | 2019-yil 20-may | 1808 kun | partiyasiz | |
6 | Volodimir Aleksandrovich Zelenskiy (1978-yilda tugʻilgan) |
2019-yil 20-may | xozirgi vaqt | 1177 kun | partiyasiz |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Про вибори Президента України“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2021-yil 24-may.
- ↑ Нетерович В. Ф.. Виборче право України. Киев: Лира-К, 2017.
- ↑ „Всі документи бази даних "Законодавство України" (станом на 24 травня 2021 р.) / Законодавство України“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-may.