Kontent qismiga oʻtish

Vellington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uellingtondan yoʻnaltirildi)

Vellington, Uellington (Wellington) — Yangi Zelandiya poytaxti, Shimoliy o.ning jan.da, Tinch okeanning Port-Nikolson qoʻltigʻini oʻrab turuvchi togʻ yon bagʻrida joylashgan. Iklimi subtropik dengiz iqlim, yanvarning oʻrtacha tempaturasi 16°, iyulniki 8°, yillik yogʻin qariyb 1445 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi 335,5 ming kishi (1996). Dengiz porti (yuk ortish va tushirish 15 mln.t). Chetga goʻsht, jun, yogʻ, sut mahsulotlari, me-valar, qishloq xoʻjaligi mashinalar i chiqariladi, chetdan sanoat mahsulotlari, bugʻdoy, choy, kofe, kakao keltiriladi. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, metallurgiya, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil sanoat korxonalari mavjud. Universitet, politexnika instituti, Yangi Zelandiya Qirollik jamiyati, Yangi Zelandiya nafis sanʼat akademiyasi, milliy rasmlar galereyasi, milliy muzey, teatrlar va botanika bogʻi bor. Shaharga ingliz mustamlakachilari tomonidan 1840-yilda asos solingan. Ingliz davlat arbobi, gersog A. Vellington (1769—1852) nomi bilan atalgan. 1865-yildan poytaxt.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil