Sport ustozi
Qiyofa
(Trenerdan yoʻnaltirildi)
Sport ustozi, trener jismoniy tarbiya murabbiysi — sportning muayyan turi boʻyicha mutaxassis. U sport jamiyatlarida, bilim yurtlarida va boshqa joylarda sportchilarning mashkdariga rahbarlik qiladi; sportchilar va sport jamoalarining toʻgʻri jismoniy rivojlanishi, sportda kamolotga erishishi va tarbiyasi uchun javob beradi. Sport ustozlari, asosan, jismoniy tarbiya intlarining sport ftlari va trenerlik maktablarida tayyorlanadi. Xalqaro va boshqa nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilar va jamoalarni tayyorlaganlik uchun faxriy sport unvonlari beriladi. Jumladan, mamlakatimizda "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi" faxriy unvoni taʼsis etilgan (1996-yil 26 aprel).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |