Kontent qismiga oʻtish

Kanto zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tokio zilzil as idan yoʻnaltirildi)
Kanto zilzilasi
Yokohama shahrining zilziladan keyingi varonaga aylangan ahvoli
Yokohama shahrining zilziladan keyingi varonaga aylangan ahvoli
Kanto zilzilasi (Yaponiya)
Tokio
Yokohama
Kanto zilzilasi, Yaponiya
Sana va vaqti 1-sentyabr, 1923-yil(1923-09-01)
Miqdori 8,3 — 7,9 Mw
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Talofatlar 4 mil.kishi.
Iqtisodiy yoʻqotishlar 4,5 mlrd. $

Kanto zilzilasi, Tokio zilzilasi — Yaponiyaning Tokio va Yokohama shaharlari joylashgan Kanto rayonining jan. qismida 1923 y. 1 sentabrda sodir boʻlgan talafotli zilzila. Zilzila kuchi, 12 balli shkala boʻyicha 10— 11 ball, magnitudasi 7,9 boʻlgan. Zilzila epitsentri Yokohamadan 60 km, Tokiodan 104 km uzoqlikda, Sagami qoʻltigʻida joylashgan. Keyingi maʼlumotlar boʻyicha u yerda 1649, 1703, 1855, 1891 yillarda ham talafotli zilzilalar roʻy bergan. Lekin, 1923 y.dagi K.z. Yaponiya tarixida eng koʻp qurbonlar va talafotlar keltirgan zilzila hisoblanadi. Ushbu zilzila oqibatida 142807 kishi halok boʻlgan, 128266 uy batamom qulagan, 126233 uyga zarar yetgan va 447218 uy yonib ketgan. Zilziladan keyin bir necha daqiqa oʻtgach, bir vaqtning ichida koʻp joylardan yongʻin chiqib, Tokio sh. olov halqasi ichida krlgan va yongʻin koʻplab odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan. Undan tashqari,Sagama qoʻltigʻi, Idzu, Miura, Baso yarim orollari, zilzila taʼsirida vujudga kelgan va toʻlqin balandligi (amplitudasi) 10 m dan ortiq boʻlgan sunamidan ham katta talafot koʻrgan. Bu zilziladan keyin Tokio universitetida va Yaponiyaning bir qancha shaharlari (Kioto, Senday va b.)dagi universitetlar qoshida seysmologiya institutlari tashkil etildi, seysmik stansiyalar tarmogʻi kengaytirildi.

Zilzilaning oqibati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zilzila taxminan 56 ming km² maydonni qamrab oldi. Asosiy halokatli ta'sir Kanto viloyatining janubi-sharqiy qismida boʻlgan. Zilzila va undan keyin sodir boʻlgan yong'inlar natijasida Tokio , Yokogama , Yojosuka va boshqa 8 ta kichik shaharlar deyarli vayron bo'ldi. Tokioda 300 000 dan ortiq binolar (bir milliondan) faqat yong'in natijasida vayron boʻlgan. Yokogamada 11 000 ta bino silkinishlar natijasida vayron boʻlgan va yana 59 000 tasi yonib ketgan. Yana 11 ta shahar kamroq jiddiy ta'sir ko'rsatdi.

675 ta ko‘prikdan 360 tasi yong‘in natijasida vayron bo‘lgan. Tokio barcha tosh binolarini yo'qotdi. 1891-yilda episkop Nikolay buyrug'i bilan qurilgan mashhur pravoslav tirilish sobori ham vayron qilingan. Faqat bir yil avval mashhur Frank Lloyd Rayt tomonidan qurilgan Imperial mehmonxonasi saqlanib qolgan . Bu mehmonxona Yaponiyaning zilzilaga chidamli birinchi tosh binosi edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlar soni 142.000, yana 40.000 kishi bedarak yoʻqolgan, milliondan ortiq kishi boshpanasiz qolgan. Qurbonlarning umumiy soni 4 millionga yaqin edi. Kanto zilzilasidan Yaponiyaga etkazilgan moddiy zarar 4,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu o'sha paytda mamlakatning yillik byudjetidan ikkitasi va Yaponiyaning rus-yapon urushidagi xarajatlaridan besh baravar koʻp edi . [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil