Kontent qismiga oʻtish

Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tog'li Qorabog'dan yoʻnaltirildi)
Togʻli Qorabogʻ
Tarixan Kavkaz Albaniyasining (Arronning), Qorabogʻ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi boʻlgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishgʻoli ostidadir.[1][2][3][4]
Togʻli Qorabogʻ — Ozarbayjon Respublikasining gʻarbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.[1][2][3][4]

Togʻli Qorabogʻ — Kavkazortidagi tarixiy hudud. 1923-yil Togʻli Qorabogʻ hududida Ozarbayjon tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ Muxtor viloyati tashkil qilindi. Maydoni 4,4 ming km2. Aholisi 194 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan, armanlar va ozarbayjonlar, shuningdek, rus va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Viloyatda 5 maʼmuriy tuman, 2 shahar va 7 shaharcha bor. Markazi — Xonkendi sh. Yirik shaharlardan Shusha sh. ham bor.

Togʻli Qorabogʻ asosan, Kichik Kavkazning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shaharda Murovdogʻ tizmasi (eng baland joyi 2725 m) bor. Shimoli-sharq va sharqi — tekislik. Foydali qazilmalari: polimetall rudalari, litografiya toshi, Islandiya shpati, marmar, grafit, asbest va boshqa Mineral suvli buloq koʻp. Hududining koʻp qismida iqlimi moʻʼtadil (qishi quruq), gʻarb va jan.gʻarbiy togʻli qismi salqin va sovuq (qishi quruq). Tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3°dan —2°gacha; iyulniki tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda 20°—26° va baland togʻlarda 10°—14°. Yiliga tekislik va past togʻlarda 400-600 mm, baland togʻlarda 900 mm gacha yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari — Terter, Xachinchay, Karkarchay (Kura havzasi), Kendelanchay, Ishxanchay (Arake) havzasi.

Tekislik va past togʻlarda kashtan tuprok, oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuprogʻi bilan birga togʻ qora tuprogʻi uchraydi, undan yukorida togʻoʻtloqi tuproqlari bor. Tekisliklarda, asosan, shoʻra va shoʻra boshokdoshlar, togʻ etaklarida va past togʻlarda yarim kseforit buta changalzorlari, undan yuqorida keng bargli oʻrmonlar, subalp va alp oʻtloklari mavjud. Oʻrmon (dub, qora qayin, zarang) va butazorlar viloyat hududining 32 % i ni egallaydi. Kaspiy ulari, bezoar echkisi, yelik, qoʻngʻir ayiq, jayra, alp zogʻchasi, togʻ qargʻasi, qizilquyruk, qoya kaltakesagi yashaydi.

Sanoati mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Oziq-

ovqat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 65,5 %). Vino zdlari (Xonkendi, Gadrut, Martuni, Mardakert, Askeran va boshqalar), moysir, non zdlari; ipak kti poyabzal, gilam va tikuvchilik fkalari bor. Xonkendi elektrotexnika zdi viloyat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoat tarmoklari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Asosiy sanoat markazi — Xonkendi sh.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari: tokchilik, mevachilik, sabzavotchilik, tamakichilik. Ozuqa ekinlari: gʻalla, dondukkaklilar, kartoshka ham ekiladi. Tut mevasi muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Pilla yetishtiriladi. Asosiy avtomobil yoʻllari: Yevlax—Agdam—Xonkendi — Shusha—Lachin, Yevlax— Mardakert— Kelbajar. Shusha kurorti, Turshsu balneologik iqlimiy davolash joyi, sanatoriy, dam olish uylari bor. Qizil imperiya parchalanib, „ittifoqdosh“ respublikalar oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritgach, viloyat statusini belgilash boʻyicha T. Q. armanlar bilan ozarbayjonlar oʻrtasidagi ancha vaqt qurolli toʻqnashuv zonasi boʻlib keldi.[5]

Togʻli Qorabogʻ — Ozarbayjon Respublikasining gʻarbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.[1][2][3][4]

Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjonning markaziy qismida joylashgan. Sovet hokimiyati davrida bu yerda hududi 4,4 ming kv.km yoki Ozarbayjon Respublikasi umumiy hududining 5,1 foizini tashkil etgan Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati joylashgan edi. 1970-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida 150.313 nafar aholi mavjud boʻlgan[6]. Viloyat tarkibiga Askaron rayoni, Hadrud rayoni, Mardakert rayoni, Martuni rayoni, Shusha rayoni va viloyatga boʻysunuvchi Stepanakert shahri kirar edi.[7]. Tarixan Kavkaz Albaniyasining (Arronning), Qorabogʻ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi boʻlgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishgʻoli ostidadir. Ozarbayjonning „musiqiy akademiyasi“ sifatida mashhur[8]. Tarixan hozirgi ozarbayjonliklar yashab kelgan viloyatdir. 1820-yildan boshlab armanilarning Ozarbayjonga ommaviy ravishda koʻchirilgan hududlardan biridir. Armancha manbalarda Arsax sifatida tilga olinadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabogʻ nomi Ozarbayjon tilidagi „qora“ va „bogʻ“ soʻzlaridan tashkil topgan. Bu nomni VII asr manbalaridayoq uchratish mumkin. Ozarbayjon tilida (shuningdek, boshqa turkiy tillarda ham) „qora“ning rangdan boshqa „zich“, „qalin“, „katta“, „tund“ va oʻzga maʼnolari ham bor. Shu jihatdan "Qorabogʻ " termini "katta bogʻ ", "zich bogʻ ", "qalin bogʻ ", "safoli bogʻ " va boshqa maʼnolarni ham anglatadi.[9]

1801-1813 chegaralarini belgilash bilan Kavkaz viloyati xaritasi Kavkaz harbiy okrugi, podpolkovnik Tomkievym bosh qarorgohida harbiy tarix fakulteti tuzilgan edi. Tbilisi 1901-yil.

Qorabogʻ qadimiy tarixga ega yashash maskanlaridan biridir. Ushbu hududdagi Ozix magʻorasi eng qadimiy insonlarning yashash maskani ekani aniqlangan. Bu yashash maskani Ozarbayjonning, shu jumladan Qorabogʻning Oraliq dengiz havzasi va Sharqiy Afrika bilan birgalikda insonlarning ilk goʻshalaridan biri boʻlganligidan dalolat beradi. 1968-yilda Ozix magʻorasining oshoʻl qatlamidan Ozix odami — ozixantrop deb nomlangan odamning chanoq suyagi topilgan. Ozix odamning 350 — 400 ming yillar avval yashab oʻtganligi taxmin etiladi. Eneolit (mil. av. VI — IV mingyilliklar), bronza va ilk temir davrlarida (mil. av. IV mingyillikning oxiri — I mingyillikning boshlari) Qorabogʻ hayotida ulkan oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bronza davrining oxiri va ilk temir davri (mil. av. XIII — VII asrlar) Xoʻjali — Kadabek madaniyati nomini olgan. Xoʻjalik va madaniy hayotning vujudga kelishi bilan birgalikda etnik — siyosiy jarayonlar ham davom etgan. Ozarbayjonning janubida qudratli Manna davlati (mil. av. IX-VI asrlar) maydonga chiqqan. Aleksandr Makedonskiy (mil. av. 356-323) Ahamoniylar davlatini qulatganidan soʻng Ozarbayjonning shimolida siyosiy jarayonlar yangi bosqichga qadam qoʻydi. Uning vafot etishi bilan imperiyasi ham parchalanib ketgach, Ozarbayjonning janubida Atropatepa, shimolida esa Albaniya davlati vujudga keldi. Mil.av. IV asrda va undan keyin Atropatepa Ozarbayjonning shimolida ham oʻz hududlariga ega boʻldi va ushbu davrda Qorabogʻ hududini oʻz ichiga olgan yerlarning bir hissasi ushbu Ozarbayjon davlatiga tobe edi. Atrotepa bilan ayni paytda vujudga kelgan Albaniya davlati taxminan mil. av. IV — mil. VIII asrlardayoq mavjud boʻlib, 1200-yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjon tarixida katta rol oʻynadi. Albaniya oʻz chegaralarini kengaytira borib, butun Qorabogʻ hududini egalladi va ushbu viloyatni oʻz trkibida saqlab qolish uchun mislsiz kurashlar olib borib, baʼzi bir istisnolarni hisobga olmaganda, bunga muvaffaq ham boʻldi. Qorabogʻ tarixiy — etnografik viloyat sifatida dastlab Kavkaz Albaniyasi tarkibiga kirdi.

Qorabogʻ tarixidagi asosiy oʻzgarishlar VII asrda Arab xalifaligining ishgʻolchiligi va buning natijasida Albaniya davlatining qulashi natijasida sodir boʻldi. Arab ishgʻolchiligiga qadar Qorabogʻning tarixiy aholisi etnik jihatdan bitta ildizdan, yaʼni Ozarbayjon-Albaniya ildizidan tarkib topgan holda, ushbu davrda Arab xalifaligining Ozarbayjonga nisbatan olib brogan siyosati natijasida viloyatning togʻli qismida armanilar diniy ustunligining taʼminlanishi, vaqtlar oʻtib, etnik sohada oʻz taʼsirini koʻrsatdi: Albaniyaning tarixiy Arsax viloyati aholisi avvaliga grigorianlashtirila, keyin esa armanilashtirila boshlandi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, Albaniyaning ushbu hududida Sunik va Arsax-Xochin knyazliklari barpo etildi. XII asrning oxirlariga kelib Sunik podshohligi mahv etildi, bu yerdagi hokim sulola 1166-yildan knyaz Grigor va Smbatning vafot etishi bilan oʻz hokimiyatini boy berdi. XII asrning oxiri — XIII asr boshlarida Arsax hududida tashkil topgan Xochin knyazligi, tarixchi olim I.A.Orbelining taʼbiri bilan aytganda, „qadimiy Albaniyaning bir hissasi“ edi. Shunday qilib, mutlaqo tabiiyki, Arab xalifaligi tugatilgach, uning hududida vujudga kelgan yerli davlatlar orasida hech qanday Armani davlati mavjud boʻlmagan. Moʻgʻullarning ikkinchi yurishi va Ozarbayjonning ishgʻol etilishi natijasida (1231-1239) Qorabogʻ boshqa Ozarbayjon yerlari kabi Oliy moʻgʻul xokonligining (1239-1256), keyin esa Hulokular (Elxoniylar) davlati (1256-1357) tarkibida edi. Qorabogʻning ushbu davr tarixi haqidagi maʼlumotlar ancha keng boʻlib, bir qadar yaxshi oʻrganilgan. Ushbu davrda „Qora“ va "bogʻ " soʻz birikmasi endilikda — "Qorabogʻ ", yaʼni konkret jugʻrofiy hududga nisbatan qoʻllana boshlagan. XV asrda Qorabogʻ Ozarbayjon Qoraquyunli (1410-1467) va Oqquyunli (1468-1501) davlatining tarkibida edi. Lekin Qoraquyunlilar davrida Qorabogʻning keyingi tarixiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan bir hodisa sodir boʻldi. XV asrda oʻtgan alban hokimi Hasan Jalolning avlodi (Jaloyiriylar) Qoraquyunli Jahon shohdan „malik“ unvonini oldi. Keyinchalik Jaloyiriylar avlodining mulki besh alban feodal knyazliklari — maliklariga (Guliston, Chilaboʻrd, Xochin, Varanda, Tizoq) parchalanib ketdi.

Ozarbayjon Safaviylar davlatining vujudga kelishi bilan (1501) butun Ozarbayjon tuproqlarining markazlashtirilishi boshlandi. XVI asrning oʻrtalarida Ozarbayjon tuproqlarining yaxlit davlat holida markazlashuvi yakun topdi. Natijada Ozarbayjon Safaviylar davlati mintaqaning Usmonli imperiyasidan keyingi ikkinchi eng qudratli davlatiga aylandi. Shundoq ekan, oʻsha davrda armanilarning hech qanday etnik-siyosiy ustunligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi. Aksincha, ushbu davrda Ozarbayjonning etnik va siyosiy chegaralari yanada aniq — tiniq shakl oldi. Safaviylar Ozarbayjonda 4 ta beklarbeklik yaratdilarki, ulardan biri ham Qorabogʻ yoki Ganja beklarbekligi edi. Safaviy davlatining zaiflashuvidan soʻng Ozarbayjon tuproqlari Eron, Rossiya va Usmonli davlatlari oʻrtasida jang maydoniga aylandi.

Safaviylarning oxirgi hukmdori III Abbosni agʻdarib hokimiyat tepasiga kelgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) oʻzini qonuniy hukmdor sifatida tanishdan bosh tortgan Ganja — Qorabogʻ beklarbekligining turk-musulmon aholisiga qarshi ogʻir jazo choralarini amalga oshirdiki, bu omil ham Qorabogʻdagi alban maliklarining mavqeini kuchaytirdi va ularning separatizmiga turtki berdi. Nodirshoh vafot etishi bilan uning davlati ham parchalanib ketdi, Ozarbayjonda mahalliy davlatlar — xonliklar vujudga keldi. Boshqacha aytganda, Ozarbayjon xonliklar timsolida oʻzining davlat mustaqilligini qayta barpo etdi. Avvalgi Ganja-Qorabogʻ viloyati hududida ikkita Ozarbayjon xonligi — Ganja va Qorabogʻ xonliklari vujudga keldi. Qorabogʻ xonligining asoschisi Ozarbayjonning ajoyib davlat arboblaridan biri Panohalixon Javonshir edi. Panohxon kuchaygani sayin parokandalik tarafdorlari boʻlgan feodallarning — maliklarning buzgʻunchilik faoliyati ham kuchaya bordi. Harbiy — siyosiy nuqtai nazardan buning oldini olmoq zarur edi. Shunday qilinmasa, xonlikning hududiy — maʼmuriy yaxlitligi yoʻqqa chiqishi mumkin edi. Panohalixonning vorisi Ibrohimxon bilan separatchi maliklar oʻrtasidagi nizolarga 1783-yildan boshlab Rossiya davlati ham aralashgani yetib keldi. Janubiy Kavkazni ishgʻol etishga uringan Rossiya bu yerda — Ozarbayjon hududida mazkur maliklarning yordami bilan „xristian davlati“, yanada toʻgʻrirogi, oʻziga tayanch yaratishga urinmoqda edi. XVIII asrning oxirlari — XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan, Ozarbayjonda isholchilik faoliyati kuchaydi, 1801-yilda u Gruziya imperiyaga qoʻshib olindi, Ozarbayjonning Jor-Bolokan jamoati (1803) va Ganja xonligi (1804) ishgʻol etildi. Ibrohimxon ana shunday bir vaziyatda Rossiya qoʻshinlari qoʻmondoni R.D.Sisianov bilan (1802-1806) Kurakchoyda bitim tuzdi. Kurakchoy bitimiga asosan Qorabogʻ xonligi aynan musulmon — Ozarbayjon tuprogʻi sifatida Rossiyaga qoʻshib olindi.

Safaviylar davlati Qorabogʻ tarixiy — etnografik viloyat hududini oʻz ichiga olgan, markazi Ganja shahri boʻlgan Qorabogʻ beklarbekligini vujudga keltirdi. Koʻrinib turibdiki, alohida — alohida davrlarda Ozarbayjonning davlat va maʼmuriy viloyat chegaralari oʻzgarsa-da, oʻziga xos moddiy, xoʻjalik va maʼnaviy madaniyati bilan xarakterlanadigan Qorabogʻ yaxlit bir etnografik viloyat sifatida oʻz rivojini muntazam suratda davom ettirdi.

XVII asrning oxiridan XVIII asrning oʻrtalariga qadar Ozarbayjonning feodal davlatlarga — xonliklarga boʻlinib ketishi natijasida Qorabogʻ beklarbekligi hududida Qorabogʻ xonligi va Ganja xonligi vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan mustaqil Qorabogʻ feodal davlatining oʻz mustaqilligini saqlab qolish uchun amalga oshirgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy chora-tadbirlari Qorabogʻ tarixiy-etnografik viloyati sotsial — iqtisodiy hayotining har taraflama yuksalishiga, taraqiyotiga sabab boʻldi. Xonlik janubi — sharqdan Kur-Oraz daryolarining qoʻshilish nuqtalaridan tortib, janubdan Oraz daryosi, gʻarbdan Qorabogʻ togʻlari deb nomlangan Koʻshbek, Solvorti va Oʻrikli togʻlari boʻylab Koʻkcha koʻliga qadar choʻzilib ketgan, shimoldan esa Koʻron — Kur sohillari bilan chegaralangan edi.

Qorabogʻ 17 tumanga: Sisyon, Temirchi — Aslonli, Kunoro, Barkushod, Bohobyurt, Kabirli, Tolish, Javonshir, Xochin, Chilaburd, Xirdapora Dizax, Oʻtizikki, Yigirmatoʻrt, Qorachorli, Varand, Dizax va Ochanturk tumanlariga boʻlingan edi. Oʻn ikki tuman aholisi, bir necha kentni istisno qilganda, mutlaq ozarbayjonliklardan iborat edi. Dizax, Varand, Chilaburd, Xochin, Tolish malikligi Xamsa deb atalardi. Ular aholisining bir qismi nasroniylardan iborat edi.[10]

XIX asrda armanilarning Qoraboqqa koʻchirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armanilarning ilk daf’a Janubiy Kavkazga koʻchirilishi mil. av. II asrning oxirlariga toʻgʻri keladi. Ular mintaqaga koʻchib kelishlari bilanoq yerli davlatlarga va xalqlarga qarshi tajovuzkor faoliyatlarini boshlab yubordilar. Rim imperiyasining mil.av. 66-yilda II Tigranni tor-mor etishi bilan uydirma boʻlmish „Buyuk Armaniston“ afsonasi puchga chiqdi va ular Rimning vassaliga aylandilar. Ushbu vaziyat IV asrga qadar davom etdi. Shunday ekan, armanilarning oʻzlari muvaqqat ishgʻol etgan Albaniyaning tarixiy tuproqlarini Armanistonning tarkibiy qismi sifatida qalamga olishlari hech qanday ilmiy-tarixiy haqiqatga molik emas. Holbuki, armanilardan farqli oʻlaroq, Ozarbayjon — Albaniya davlati mustaqil siyosat yuritishda davom etar va Qorabogʻning tarixiy viloyatlari uning tarkibiga kirar edi.[11]

Ruslar bir necha asrlar avval viloyatda armani davlati tashkil etishni rejalashtirgan edi. 1783-yil 19 mayda knyaz G.A.Potyomkin II Yekaterinaga yozgan maktubida:

Fursat boʻlgan zahoti Qorabogʻni armanilar idorasiga berish va shunday qilib, Osiyoda bir Xristian davlati yaratishdan[12] bahs etar edi.

XVIII asrning oxirlari — XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan Ozarbayjondagi ishgʻolchilik faoliyati kuchaydi. Ibrohinxon Rossiya qoʻshinlarining qoʻmondoni R.D.Sisianov bilan (1802-1806) Kurakchoyda bitim tuzdi. Kurakchoy bitimiga asosan, Qorabogʻ xonligi mutlaq musulmon — Ozarbayjon tuprogʻi sifatida Rossiyaga tobe etildi. Tarixiy haqiqatni aks ettirgan Kurakchoy bitimi, ayni paytda, Qorabogʻning, shu jumadan ushbu oʻlka togʻli hissasining Ozarbayjon xalqiga mansub ekanligini isbot etuvchi eng moʻtabar hujjatdir. [13] 1846-yil maʼmuriy-hududiy boʻlinish paytida Shusha uyezdi yangidan tashkil etilgan Shomoxi (1859-yildan Boku) guberniyasiga tobe boʻldi. 1867-yilda Elizavetpol (Ganja) guberniyasi tashkil etilganda Shusha uyezdi uning tarkibiga qoʻshib berildi va hududiy boʻlinishdan soʻng bu yerda uch uezd — Zangazur, Javonshir va Jabroyil uyezdlari ham tashkil etildi. Buning natijasida Shusha uyezdi ham oʻzining yaxlit maʼmuriy-siyosiy idorasidan mahrum boʻldi. Bunday bir maʼmuriy — siyosiy boʻlinish maʼlum bir maqsadni koʻzlab amalga oshirilgan edi. Bu islohotlar armanilarning boshqaruv tizimida yanada keng ishtirok etishi uchun har taraflama imkoniyatlar ochib berdi. Chorizm Shimoliy Ozarbayjon tuproqlarini ishgʻol etgach, bu tuproqlarda mustahkamlanib qolish hamda aholini armanilashtirish siyosatini amalga oshirdi. 1828-yil Turkmanchoy bitimidan soʻng bu hol yanada muntazam va maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan xarakteri yer tusini oldi. Armanilarning Erondan Shimoliy Ozarbayjonga koʻchirilishi ushbu bitimning XV moddasi bilan tasdiq etilgan edi. 1829 yoʻl-lda imzolangan hamda imzolangan Adirna bitini bilan ilan Usmonli imperiysadab ham armanilarning endigina ishgʻol etilgan Shimoliy Ozarbayjon Tuproqlariga koʻchirilishi amalga oshira boshlandi. Armanilar koʻchirgan asosiy istiqomatgohlardan biri Qorabogʻ hududi edi. Bu ahdnoma bilan 84.000 armani Qorabogʻ va uning atrofidagi tumanlarga koʻchirildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 1828-1830-yillar, yaʼni jami ikki yil mobaynida Shimoliy Ozarbayjonga, shu jumladan Qoraboqqa Erondan 1825-1826-yillarda 18.000, 1828-yildan soʻng 50.000, Usmonli imperiyasidan esa 84 ming Armani koʻchirilib keltirildi.[14]. Gʻayrisasmiy Armani koʻchkinlari bilan birga qoʻshib hisoblaganda ularning soni 200 ming kishidan oshib ketgan edi. Ushbu koʻchirishlardan soʻng Qorabogʻning etnik tarkibida armanilar ulushi orta boshladi. Bu koʻchishlar natijasida Chor I Nikolay Itavon va Naxchivon xonligi tuproqlarida bir armani viloyatini tashkil etdi.[15]

XIX asrning 30-yillaridan keyin ham armanilarning ommaviy ravishda Shimoliy Ozarbayjon tuproqlariga, shu jumladan Qoraboqqa koʻchirilishi davom ettirildi. Rus kavkazshunosi N.Shavrov bunday deb yozgan edi (1911): „Zakavkazyedagi 1,3 mln armanining 1 mln.dan ortigʻi kelgindilardir“[16]. Shunga qaramasdan, 1832-yilda Qorabogʻning 64,4 % Ozarbayjon turklari, 34,8 % armani edi.[17] Koʻchirib keltirilgan armanilarni Qorabogʻning togʻli qismiga — ular bilan ayni bir dindan boʻlgan yerli aholi (grigorianlashgan va armanilashgan albanlar) yashaydigan hududga joylashtirish yanada keng tus oldi. Olib borilgan siyosat natijasida XX asrning oʻrtalaridan boshlab armanilar son jihatdan Togʻli Qorabogʻda ustunlik qila boshladilar. 1990-yilda uning aholisi 192.000 kishiga yetgan edi. Aholi tarkibi armanilardan (76 %), ozarbayjonliklar*dan (23 %), kurdlar*dan, ruslardan iborat edi. Markazi Xonkandi, yana bir katta shahri esa Shusha edi.

Qorabogʻning Ozarbayjonga taaluqli ekani va bu yerda eng qadim zamonlardan boshlab turli-tuman turk etnoslari yashab kelganini Ozarbayjon va umumturkiy xalq ogʻzaki adabiyotining muhtasham obidasi boʻlgan „Kitobi Dada Qoʻrqut“ dostoni ham isbot etadi. „Dada Qoʻrqut“ dostoni VI-VII asrlarda Qorabogʻni ham oʻz ichiga olgan Butun Ozarbayjon tuproqlarida, shu jumladan armanilar hozirda Sevan deb ataydigan Koʻkcha koʻli havzasida keng tarqalgan edi.

Shunday qilib, chor Rossiyasi butun Shimoliy Ozarbayjonda, shu jumladan Qorabogʻda maʼmuriy — siyosiy, sotsial — iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar yaratib bergani bois armanilar ommaviy ravishda ushbu tuproqlarga koʻchib keldilar va koʻp oʻtmay Ozarbayjon tuproqlarida „Buyuk Armaniston“ gʻoyasini amalga oshirish uchun ochiqdan — ochiq kurash boshlab yubordilar. Bu gʻoyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ham Qorabogʻ, Iravon, Naxchivon va boshqa Ozarbayjon tuproqlaridagi yerli — ozarbayjonli aholini mahv etish va ular yashaydigan tuproqlarni egallab olishdan iborat edi. Armanilarning 1890-yillardanoq boshlab Usmonli davlatiga qarshi amalga oshirgan xiyonatkor isyonlari muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin bu mojaroning markazi Shimoliy Ozarbayjonga koʻchib oʻtdi.

Armanilar 1905-yildan boshlab Ozarbayjon xalqiga qarshi ommaviy qirgʻinlar uyushtira boshladilar. Armanilarning ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirgʻin siyosati Qorabogʻda yanada fojeali tus oldi. 1905-1906-yillarda amalga oshirilgan qirgʻinlar ham ularni qanoatlantirmadi. Ular Birinchi jahon urushi tugʻdirgan tarixiy sharoitdan foydalanib, yangidan afsonaviy „Buyuk Armaniston“ davlatini barpo qilishga jahd etdilar. 1915-yilda Usmonli davlatiga qarshi koʻtargan yangi isyonlarda magʻlubiyatga uchragan armanilar asosiy kuchlarini Janubiy Kavkazda jamlagan va chorizm himoyasiga tayangan holda ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirgʻinni davom ettirishga kirishdilar. Avvaliga chor hokimiyatining qulashi (1917, fevral), keyin esa Rossiyada bolsheviklarning hokimiyatni oʻz qoʻllariga olishlari (1917, oktabr) tufayli Zakavkazyeda vujudga kelgan anarxiya sharoitida — uzoq davom etgan davr mobaynida Rossiya qoʻshinlarida xizmat qilgan armani qurolli dastalari dashnoq-bolshevik guruhi bilan birlashgan holda ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirgʻinning yangi, yanada dahshatli davrini boshlab yubordilar. 1918-yilning martida Bokuda boshlangan va butun Ozarbayjonni qoplab olgan yanggi ommaviy qirgʻinlar Ozarbayjon xalqiga juda ogʻir zarba etkazdi.

Lekin 1918-yilning 28 mayida, taxminan 120 yil davom etgan Rossiya asoratidan soʻng Ozarbayjon xalqi Shimoliy Ozarbayjonda oʻzining yangi mustaqil davlatini barpo etdi. Tabiiyki, boshqa Shimoliy Ozarbayjon tuproqlari kabi Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan Qorabogʻ ham Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining hududiga kirar edi. Lekin bu paytda endigina eʼlon qilingan Armaniston (Ararat) Respublikasi Qoraboqqa nisbatan hech qanday asosi boʻlmagan iddaoni ilgari surdi. Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati hukumati bu iddaoni rad etdi. Ayni paytda armanilar Qorabogʻni qoʻlga kiritish uchun ilgari boshlagan ommaviy qirgʻinlarini Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida ham davom ettirdilar. Shusha uyezdi va Qorabogʻning markazi boʻlmish Shusha shahrida armanilarning vahshiyliklari yanada omonsiz tus olgan edi.

Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida Shushada armanilarning eng xiyonatkor qurolli isyonlaridan biri 1920-yilning 22 martida Ozarbayjon xalqining Navroʻz bayrami kuni sodir boʻldi. Bu separatchilik isyoni Ozarbayjonni ishgʻol etishga hozirlik koʻrgan bolsheviklarning buyurtmasi bilan amalga oshirilgan edi. Bu paytda armani-separatchi isyonlarining aksar joylarda bostirilishiga qaramay, ular Askaron qal’asini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar. Koʻrilgan harbiy-siyosiy chora-tadbirlar natijasida Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati Qorabogʻda oʻz suveren huquqlarini barpo edi. Lekin oʻzlari yashab turgan davlatga — Ozarbayjonga xiyonat qilgan armanilarning Qorabogʻdagi separatchilik isyonlari va amalga oshirgan ommaviy qirgʻinlari 1920-yilning aprel ishgʻoli arafasida oʻlkaning shimoliy sarhadalaridagi mudofaa ishlariga ogʻir zarba berdi va mustaqil Ozarbayjon davlatining — Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining mavjudligini xavf ostida qoldirdi. Shunday qilib, 23 oy yashagan Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati bolsheviklar Rossiyasidan kelgan XI Qizil Armiya nayzalari bilan surib tashlandi, Shimoliy Ozarbayjonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Qorabogʻ atrofidagi hodisalarning yangi bosqichi boshlandi.

Togʻli Qoraboqqa muxtoriyat berilishi Zakavkazye federatsiyasi va SSSRning barpo etilish jarayonlari bilan parallel bormoqda edi. 1922-yilning fevralida Zakavkazye kommunistik tashkilotining I qurultoyida S.Orjonikidze rais etib saylangan Rossiya Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi Oʻlka Komiteti Togʻli Qoraboqqa muxtoriyat berilishiga doir 5 iyul qarorining qabul etilishida boʻlgani kabi, uning roʻyobga chiqarilishida ham maʼmuriy-toʻrachilik usullaridan foydalandi. Zakavkazye Oʻlka Komitetining 1922-yil 27 oktabrda boʻlib oʻtgan tarixiy majlisida Ozarbayjon Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi Markaziy Komitetiga 5 iyul qarorining amalga oshirilishi taklif etildi. Bularning barchasiga qaramay, Moskva tomonidan Ozarbayjonga tazyiq yanada davom ettirildi. 22 dekabrda Zakfederatsiya Ittifoq Soveti Togʻli Qoraboqqa muxtoriyat berilishini tezlashtirish haqida alohida qaror qabul qildi.

SSSR barpo etilgandan soʻng Zakavkazye Oʻlka Komitetining talablari yanada keskin tus oldi. 1923-yilning mayida Qorabogʻ Komitetining maʼruzasi Zakavkazye Oʻlka Komiteti plenumining kun tartibiga kiritildi. 1 iyunda Ozarbayjon Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi Markaziy Komiteti Prezidiumi muxtoriyatning dekretlashtirilishi va uning loyihasining uch kun mobaynida Markaziy Komitetga taqdim etilishi haqida qaror qabul qildi. Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati haqida Asosnoma esa 1924-yil 26 noyabrda chop etildi.

Shunday qilib, Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan Qorabogʻ sunʼiy ravishda tekislik va togʻliq qismlarga boʻlindi va Ozarbayjon rahbariyati Qorabogʻning togʻliq qismiga keyinchalik koʻchirib keltirilgan armanilarga muxtoriyat maqomini berishga majbur etildi. Aslida ushbu qismda — Togʻli Qorabogʻda yashaydigan ozarbayjonliklarning xohish — istagi hisobga olinmasdan, ularning huquqlarini qoʻpol ravishda buzgan holda ana shunday qadam tashlangan edi. 1920-1923-yillarda ataylab amalga oshirilgan ushbu jarayonlar natijasida qadimgi Qorabogʻ xonligining tarkibiy qismiga kirgan Ozarbayjon tuproqlari anʼanaviy tarixiy — jugʻrofiy yaxlitligi va bir butunligini yoʻqotdi. Hozirga qadar Togʻli Qoraboqqa muxtoriyat berilishi masalasidan bahs ketar ekan, aytish mumkinki, uning hududlari maʼmuriy boʻlinish tarixining eng muhim hodisalariga etarlicha eʼtibor berilmaydi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining hududi real tarixni aks ettiruvchi ilmiy-jugʻrofiy tamoyillar asosida emas, balki gʻarazli maqsadni koʻzlagan volyuntaristik yondashuv asosida shakllantirilgan, yaʼni u armanilar gavjum boʻlib yashaydigan maskanlarga ustunlik berilgan holda lokal hududlarni muxtor qurim nomi ostida birlashtirish yoʻli bilan tashkil etilgan. Ushbu faktlardan Ozarbayjonning Qorabogʻ tuprogʻiga koʻchirib keltirilgan armanilarning begona tuproqlarda oʻzlariga davlat yaratish hiylasining anatomiyasi yaqqol namoyon boʻladi. Armanilar bir paytlar oʻzlari koʻchib kelgan Gʻarbiy Ozarbayjonda — Iravon xonligi hududlarida ham shunday yoʻl tutgan edilar, endilikda Qorabogʻda ham ana shu hiylani ishlatish niyatidadirlar.

Togʻli Qorabogʻning, bir tarafdan, Ozarbayjonning tarixiy tuproqlari sifatida uning tarkibida saqlab qolinganligi va ayni paytda Ozarbayjonning boshqa tuproqlari bilan tarixiy bogʻliqlik anʼanalarining davom ettirilganligi, ikkinchi tarafdan, Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatiga Ozarbayjon koʻrsatgan alohida jonkuyarlik ushbu oʻlkaning sovet hokimiyati yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun mustasno sharoit yaratib berdi. Lekin oʻtgan asr 80-yillarining oxirlarida Togʻli Qorabogʻni Ozarbayjondan ajratib olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan armani „ideologlari“ va ularning himoyachilari buni ochiqdan — ochiq inkor eta boshladilar. Biroq faktlar faktligicha qoladi. Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining Ozarbayjon tarkibida naqadar yuksak taraqqiyotga erishganligi Viloyat Statistika idorasining Stepanakertda nashr etilgan statistik majmuasida oʻz aksini topgan.

1965-1987-yillarda umuman Ozarbayjon SSR, shu jumladan uning Naxchivon MSSR va Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati boʻyicha iqtisodiy va sotsial rivojiga doir koʻrsatkichlarning muqoyasasi ushbu davrda Muxtor Viloyatining naqadar yuksak sur’atlar bilan taraqqiy etganini juda oydin koʻrsatib beradi. Shundan ham ayon boʻladiki, 1987-yilda har 10 ming kishidan sanoat sohasida ishlovchilar soni respublika boʻyicha 686 kishi, Naxchivon MSSRda 387 kishi boʻlgani holda, Togʻli Qoraogʻ Muxtor Viloyatida bu koʻrsatkich 657 kishini tashkil etgan edi. Kishi boshiga toʻgʻri keladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari muvofiq ravishda 588, 501 va 692 ni tashkil etgan edi va hokazo. Sotsial rivojlanishga oid koʻrsatkichlarga kelganimizda esa, ushbu raqamlar nainki Ozarbayjon SSR, hatto Armaniston SSR va yaxlit olganda SSSR boʻyicha koʻrsatkichlardan ham ancha yuqori edi. Har 10 ming kishiga toʻgʻri keladigan shifoxona koykalari bilan taʼminlanish Armaniston SSRda 86,2, Ozarbayjon SSRda 97,7 boʻlgani holda, Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida 101,7 edi.

Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan Togʻli Qoraboqqa muxtoriyat berilgandan keyin xoh Togʻli Qorabogʻ, xoh Armaniston, xoh esa ushbu hududlardan tashqaridagi armanilar separatchilik faoliyatlarini toʻxtatmadilar. Armani „siyosatchilari“ tinchib qolgan davrda yozuvchilar, shoirlar va boshqa sohalardagi namoyondalar separatchilarning izdoshlariga aylandilar, yanada toʻgʻrirogʻi, „siyosatchilar“ ularni oldinga surdilar. Hatto 1960-yillarda SSSRda antimadaniyat kampaniyasi kuchaygan bir sharoitda bu muammoni yangidan koʻtarib chiqdilar. 1965-yilda Togʻli Qorabogʻning Armanistonga boʻysundirilishi borasida 45 ming kishi „imzolagan“ petitsiya Moskvaga taqdim etilgan, lekin bu iddaolar amalga oshmay qolgan edi.

1984-yilda Erevanda Z.Balayanning „Oʻchoq“ nomli kitobining chop etilishi, uning Qorabogʻ tarixi va hozirgi zamonga doir gʻarazli maqsadni koʻzlagan safsatalari, millatchilik-separatchilik daʼvatlari ehtiroslarni yangidan alangalantirib yubordi. Ushbu ahvoli ruhiya Armani millatchilari taʼsiriga tushib qolgan M.S.Gorbachov eʼlon etgan „oshkoralik va qayta qurish“ sharoitida sovet rahbariyati tomonidan (M.S. Gorbachov timsolida!) qattiq qoʻllab-quvvatlandi va yangi bosqichga koʻtarildi. Moskva tomonidan har taraflama qoʻllab-quvvatlangan Armani separatchilari va terrorchilari tomonidan boshqarib turilgan Togʻli Qorabogʻ, 1920-yilda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida boʻlgani kabi, yana Ozarbayjon xalqiga qarshi xiyonat yoʻlini tutdi.

1987-yilning noyabrida Gorbachov komandasiga kirib olgan Armani akademigi A.Aganbekyan Parijda Togʻli Qorabogʻ borasida sovet rahbariyatiga takliflar berilganligini, qayta qurish va demokratiya sharoitida bu muammoning hal etilajagiga umid bildirishini bayon etdi. Ilgari yashirincha faoliyat olib brogan armani „Qorabogʻ Komiteti“, uning Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatidagi „Krunk“ (Turna) separatchi-terrorchi tashkiloti oshkora faoliyatga oʻtdi va „Miatsum“ (Birlashma) harakati shakllantirildi. Bu harakat Armaniston, Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati, Moskva rahbariyati, SSSR va dunyo armanilarining imkoniyatlariga tayandi. 1988-yilning fevralida hodisalar yanada agressiv mojaro tusini oldi. Fevral kunlarida Erevan va Xonkandida (Stepanakert) separatchilar hamda armani millatchilarining mitinglar toʻlqini boshlandi. 20 fevralda Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati Soveti sessiyasi viloyat maqomini koʻrib chiqish haqida Ozarbayjon SSR Oliy Sovetiga murojaat qildi. Ozarbayjonning oʻsha paytdagi rahbariyati va keng jamoatchiligi esa armani separatchilari va ular tarafdorlarining bu yangi taktikasiga tayyor emas edilar. 20 fevralda Askaron rayonida armani separatchi — terrorchilari tomonidan ozarbayjonlik ikki yigitning oʻldirilishi, 19 kishiga jarohat yetkazilishi ham armanilarning rejalariga qarshi deb tushunilgan siyosiy yoʻnalish sifatida oʻz bahosini olmadi.

Separatchi — terrorchi armani vahshiyliklari kuchayib ketgan ushbu davrda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti va Sovet hukumatining vaziyatga real baho berishga qiziqishi yoʻqligi ham ochiq-oydin maʼlum boʻldi. „1988-1995-yillarda Ozarbayjon SSR Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatini sotsial — iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari haqida“gi 1988-yil 24 mart qarori ham ushbu muammoning separatchilik akti ekanini atayin bosti-bosti qilishga qaratilgan edi. Bu kabi qoʻllab — quvvatlashlar armani separatchilarini yanada ruhlantirib, ularning tajovuzkorliklarini yanada oshirib yubordi. Moskvaga muteligini oshkora namoyish etgan A.Vazirov boshchiligidagi Ozarbayjon rahbariyati oʻz xalqiga xiyonat, tajovuzkorlarga esa yon berish mavqeini tutdi. Nihoyat, Moskva Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatini Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqarish yoʻlida yana bir qadam tashladi: SSSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989-yil 12 yanvarda „Ozarbayjon SSRning Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida alohida boshqaruv shaklini joriy etish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi. Bundan maqsad aniq: Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida tashkil etilgan Alohida Boshqaruv Komiteti Muxtor Viloyatni Ozarbayjondan ajratib olib, Armanistonga berilishini taʼmin etishi lozim edi. Lekin buni tushunib yetgan Ozarbayjon xalqining demokratik kurashi natijasida 28 noyabrda Alohida Boshqaruv Komitetining faoliyati tugatildi. Biroq buning evaziga yangi bir tashkilot — Tashkiliy Qoʻmita barpo etildi. Armaniston SSR ushbu vaziyatdan foydalangan holda 1 dekabrda Togʻli Qorabogʻning Armanistonga birlashtirilishi haqida konstitutsiyaga qarshi boʻlgan qaror qabul qilidi. Bu Armaniston tomonidan Ozarbayjon SSRning hududiy yaxlitligiga qarshi ochiqdan — ochiq aralashuv akti edi. Moskva, xududi kutilganidek, ushbu qoʻpol aralashuv faktidan ham koʻz yumdi.

1991-yil 30 avgustda Ozarbayjon SSR Oliy Soveti davlat mustaqilligini barpo etish haqida bayonot qabul qildi, 18 oktabrda esa „Davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Konstitutsiya Akti“ qabul qilindi. Togʻli Qorabogʻ armani separatchilari ham vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan holda oʻz separatchilik siyosiy tashkillanishlarini davom ettirdilar. Ular 1991-yilning sentabrida „Togʻli Qorabogʻ Respublikasi“ deb nomlangan qoʻgʻirchoq tashkilotni eʼlon qildilar. Ozarbayjon Respublikasi ushbu tashkilotni tanishdan bosh tortdi, 26 noyabrda Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati maqomi bekor qilindi.[18]

Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
SSSR (1952-1991), Kavkaz maʼmuriy xaritasi

Ozarbayjon tuproqlarida ikkinchi armani davlatining barpo etilishiga yoʻl ochib bergan muxtor viloyat 1923-yilning iyulida tashkil topgan. Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi nomidan 1923-yilning 7 iyulida chiqarilgan dekretda TQMVning tashkil etilishi quyidagicha asoslantiriladi: "Avvalgi Rossiya imperiyasida milliy ozchiliklarni asoratda saqlagan chor mutloqiyati hatto ozchilikni tashkil etgan alohida-alohida millatlarni bir-biriga qarshi qoʻyish orqali ularni mahv etishdan ham aslo chekinmas edi.

Zakavkazyeda 1905-yildagi armani-musulmon qirgʻini velikorus mutloqiyati mahv etuvchilik siyosatining eng yorqin isbotidir. Zakavkazye inqilobiy dehqon ommasi ularning sarmoyaviy zulmiga qarshi oʻz gʻazablarini ochiqdan-ochiq namoyon etgan oʻsha paytlarda chor generallari Vorontsov -Dashkovlarning qoʻli bilan tarixan bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikki xalq — armanilar va musulmonlar orasiga adovat urugʻlari sepildi.

Bu Zakavkazye milliy ozchiliklar ustidan oʻz ogʻaligini ilgari surgan bir hovuch milliy shovinistlar — musovotchilar, dashnoqlar va mensheviklar, Gʻarb kapitali yugurdaklari rahbarlik rolini qoʻlga kiritgan uch „mustaqil davlat“ga parchalanganda oʻz sharmandali qiyofasini yana bir bor namoyon etdi. Bu „davlatlar“ vujudga kelgan qisqa bir muddat mobaynida Qorabogʻ togʻlarida va Zakavkazyening boshqa qismlarida mehnatkash dehqonlarning ozmuncha qoni toʻkilmadi.

Qanday shaklda namoyon boʻlishidan qatʼi nazar, milliy zulm va tengsizlikning bartaraf etilishi, milliy adovat va nafratning mehnatkashlarning internatsional birdamligi, yagona davlat ittifoqida xalqlarning qardoshlarcha haamkorligi bilan almashtirilishi qishloq-dehqon inqilobining asosiy vazifalaridan biridir".

Ozarbayjon Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining dekretiga koʻra, Togʻli Qorabogʻning armanilar yashaydigan qismida markazi Xonkandi boʻlgan muxtor viloyat yaratilishi, Ijroiya Komiteti va viloyat yerli sovetlarning idora organlari tayinlanishi kerak edi. Viloyat asosnomasi ishlab chiqilishi va hududiy birliklar fakt sifatida muxtor viloyat ixtiyoriga berilishi, shuningdek, muxtor viloyat chegaralarini belgilab chiqish uchun togʻli va pastekis Qorabogʻ, Kurdiston va Ozarbayjon SSR markaziy hokimiyatining vakillaridan iborat qoʻshma komissiya tashkil etilishi lozim edi.

Sovet hokimiyatining keying yillarda TQMVning hududlari va imtiyozlarini kengaytirish jarayoni davom etdi hamda viloyatda armanilarning son va mavqe jihatdan ustunligi taʼminlandi. 1981-yilning 16 iyunida Ozarbayjon SSR Oliy Soveti „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati toʻgʻrisida“ qonun qabul qildi. Bu qonunda TQMV imtiyozlari yanada kengaytirildi.

1988-yilda Togʻli Qorabogʻ mojarosining hozirgi bosqichi boshlanganda 4,4 ming kvadrat kilometrdan iborat boʻlgan ushbu hudud armanilar koʻpchilikni tashkil etadigan Stepanakert shahri (poytaxt), Mardakert, Askaron, Martuni va Hadrut rayonlari va ozarbayjonliklar koʻpchilikni tashkil etadigan Shusha shahridan iborat edi.

Muxtor Viloyatning butun tarixi davomida vaqti-vaqti bilan separatchilik shiorlari — Armanistonga birlashish talablarini ilgari surgan armanilar soʻnggi daf’a 1988-yilning fevralida oyoqqa turdilar. 13 fevralda viloyatda Armaniston bilan birlashish shiori bilan mitinglar toʻlqini boshlandi. 20 fevralda TQMV Xalq Deputatlari Oliy Soveti oldiga viloyatni Armanistonga birlashtirish haqidagi iltimosnoma qoʻyildi.

Ozarbayjon tuproqlarida 1988-yilda butun yil boʻyi davom etgan tajovuzlar natijasida SSSR Oliy Soveti Togʻli Qorabogʻda toʻgʻridan-toʻgʻri Moskvaga boʻysunadigan Alohida Boshqaruv Komiteti tuzdi. 1989-yilning oxirida bu komitet tugatilib, Bokuga boʻysunadigan Respublika Tashkilot Komitetiga almashtirildi. Shu yilning dekabrida Armaniston parlamenti Togʻli Qorabogʻni ushbu respublikaga birlashtirish haqida qaror qabul qildi.

1991-yilning avgustida SSSRning parchalanish jarayoni tezlashdi. 30 avgustda Ozarbayjon parlamenti Respublika mustaqilligini eʼlon etdi. Shundan 2 kun soʻng TQMV va ushbu viloyatga hech qanday daxli boʻlmagan Shaumyan rayoni xalq deputatlari sovetlari qoʻshma sessiya oʻtkazib, Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nomli soxta tuzilma barpo etdilar. Respublika Tashkilot Komiteti Stepanakertdan Ogʻdomga koʻchib oʻtadigan boʻldi. Buning ortidan Togʻli Qorabogʻda ozarbayjonliklarning total etnik tozalanishi — qonli urush boshlandi.

1991-yilning 20 noyabrida Martunining ozarbayjonliklar yashaydigan kentlariga vakillar hay’atini olib uchgan vertolyot Qorkent osmonida terrorga uchradi. Ozarbayjon davlat kotibi Tovfiq Ismoilov, Bosh Vazir oʻrinbosari Zulfu Hojiyev, davlat maslahatchisi Muhammad Asadov, bosh prokuror Ismat Qayibov, prezidentining matbuot kotibi Usmon Mirzayev, davlat-hukumat xodimlari Voqif Jaʼfarov, Vali Mammadov, Qurbon Namozaliyev, TQMV huquq-muhofaza, xavfsizlik organlariga boshchilik qilgan rossiyalik generallar bilan birgalikda 20 dan oshiq kishi halok boʻldi. Bu hodisa TQMVning tugatilishiga turtki berdi.

26 noyabrda Ozarbayjon parlamenti TQMVni milliy hududiy tuzilma sifatida tugatdi, Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Komitetining 1923-yil 7 iyulda „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining barpo etilishi toʻgʻrisida“gi dekreti va "Ozarbayjon SSRning 1981-yil 16 iyundagi „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining barpo etilishi toʻgʻrisida“gi qonunini kuchdan qolgan deb hisobladi.

Stepanakert, Mardakert, Martuni shaharlarining tarixiy nomlari qayta tiklanib, Stepanakertga — Xonkandi, Mardakertga — Oqdara, Martuniga Xoʻjavand deb nom berildi.

Askaron va Hadrut rayonlari tugatildi, markazi Xoʻjali shahri boʻlgan Xoʻjali rayoni barpo etildi, tugatilgan Askaron rayonining hududi Xoʻjali rayonining tarkibiga, Hadrut rayonining hududi esa Xoʻjavand rayonining tarkibiga kiritildi.

Hozirda qadimgi TQMV va uning atrofidagi tagʻin 7 rayon butunlay va qisman armanilar ishgʻoli ostidadir.[19]

Togʻli Qorabogʻ muammosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻli Qorabogʻ muammosining ildizlari qadimga, yanada toʻgʻrirogʻi, 18-asrga borib taqaladi. Chunki armanilar maʼlum bir maqsad yoʻlida olib brogan faoliyatlari natijasida Eron yaylovlaridan va Onadoʻlidan koʻchirib keltirilib joylashtirilganlar. Tadrijan koʻpayib qolgan armanilar hududiy iddao bilan chiqdilar.

Hali Qorabogʻ xonligi davridayoq ular separatchilik faoliyati olib borib, xonlik ustiga xorijiy kuchlarning yurishlarini tashkil etradilar. Qorabogʻ xonligi Rossiya tomonidan ishgʻol etilgandan soʻng bu yerga hamda Yerevan, Naxchivon hududlariga armanilarning koʻchirilishi tezlashdi. Hatto Turkmanchoy bitimiga ushbu jarayonni rasmiylashtiradigan bandlar ham kiritildi.

Yigirmanchi asrning boshlaridan esa armanilar Qorabogʻ, Yerevan va Naxchivon tuproqlariga real iddaolar bilan chiqishlar qildilar hamda Eron va Rossiya tomonidan qattiq qoʻllab-quvvatlandilar. 1918-yilda ushbu maqsadda Ozarbayjonning turli joylarida qatliomlar uyushtirildi. Bundan maqsad „Dengizdan Dengizgacha Buyuk Armaniston“ yaratmoq edi. Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati barpo etilgandan soʻng qadimiy turk-Ozarbayjon tuprogʻi Yerevanning armanilarga berib yuborilishi bilan zohiran hammasi izga tushgandek boʻldi. Sovetlar davrida Zangazur va Koʻkcha ham armanilarga berildi. Shunday qilib, Rossiya va Eron Turkiya bilan Ozarbayjonni ajratgan holda nainki oʻz maqsadiga yetdi, ayni paytda Naxchivonni ham Ozarbayjondan ajratib tashladi Sovet davrida Qorabogʻni armanilarga berish borasida bir qancha harakatlar qilingan boʻlsa-da, ammo bu amalga oshmay qoldi. Sovetlar parchalanishi arafasida armanilar Qorabogʻda allaqachon qurollanib boʻlgan edilar va 1988-yildan ular faollasha boshladilar. Bu amaliyotlar 1994-yilda otishmalarga aylanib ketdi va Qorabogʻ armanilar tomonidan ishgʻol etildi.

Togʻli Qorabogʻdagi separatchi rejim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning oxirida va 1990-yillarning boshlarida ushbu hududda roʻy bergan etnik qarama-qarshiliklar hamda Armanistonning TQMVni oʻziga birlashtirib olish talablari Armaniston bilan Ozarbayjon oʻrtasida urushning kelib chiqishiga sabab boʻldi. Armaniston qoʻshinlari TQMV va unga qoʻshni boʻlgan 7 rayonni (Lochin, Kalbajar, Ogʻdom, Fuzuliy, Jabroyil, Qubodli, Zangilon) ishgʻol etdi. 1994-yilda Bishkekda otishmalarni toʻxtatish haqidagi bitim imzolandi. Separatchi rejim 1991-yilda Togʻli Qorabogʻda mustaqillik eʼlon etdi. Xalqaro qonunning hech qanday huquqiy talablariga javob bermaydigan bu „mustaqillik“ hozirga qadar haqli ravishda dunyoning hech bir mamlakati tomonidan tan olingani yoʻq.

Togʻli Qorabogʻ foydali qazilmalar va maʼdanli suvlarga juda boydir. Bu yerda oltin, kumush, mis, rangli metallar, temir, rux, granit, marmar, qimmatbaho toshlar va boshqa foydali qazilmalarni uchratish mumkin. Uydirma Togʻli Qorabogʻ Milliy Statistika komitetining rasmiy maʼlumotlariga koʻra uydirma Qorabogʻda 2001-2006-yillarda inflatsiya 3 % ni tashkil etgani holda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 11-13 % ortgan. 2007-yilda esa YaIM 232,10 mln AQSH dollariga teng boʻlgan. Bu koʻrsatkich 2006-yilga muqoyasa qilganda 8,8 % ortgan. Kishi boshiga es bu koʻrsatkich 1489,5 AQSH dollarini tashkil etgan.

Ushbu yillar mobaynida mahsulot ishlab chiqarish 3,9 %, sanoat mahsuloti esa 5,8 %, qishloq xoʻjaligi mahsuloti esa 5,4 % ortgan. Xususiy sektorda YaIM 63,5 % ni tashkil etgan. Buning 32 % ini kichik va oʻrta biznes ulushi tashkil etgan.

Qoraboqqa xorijiy yordamlar asosan AQSH tomonidan koʻrsatilmoqda. Binobarin, AQSH kongressi tomonidan uydirma Togʻli Qoraboqqa 1998-2006-yillarda koʻrsatilgan gumanitar yordam hajmi 3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan. 2007-2008-yillarda bu koʻrsatkich 5 mln AQSH dollarini, 2009-yilda esa 8 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Shu bilan birga faqat 2008-yilda Qorabogʻda 64 ta xayriya dasturi amalga oshirilganki, ushbu dasturlarning ham umumiy qiymati 13 mln AQSH dollari hajmiga teng boʻlgan.

Uydirma Togʻli Qoraboqqa investitsiyalar asosan Armani diasporasining aʼzolari tomonidan ajratiladi. Bu investitsiyalrni uydirma Togʻlli Qorabogʻ hukumati asosan mintaqani iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltiradi. Investitsiyalar asosan suv elektr stansiyalari, uzumchilik, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, tabiiy zaxiralarni oʻzlashtirish, turizm va axborot texnologiyalariga ajatiladi. Hozirda iqtisodiyotning turli sohalariga 100 mln AQSH dollariga teng investitsiya ajratilganki, bu ham iqtisodiyotning turli-tuman sohalarini oʻz ichiga qamra oladi.

Shuni ham nazarda tutish lozimki, Armanistonda va Togʻli Qorabogʻda bir xil bank tizimi va bir xil pul birligi joriy etilgan. Har ikki hudud han bir xil bojxona tizimiga egadir. Lekin Togʻli Qoraboqqa import qilinadigan va undan eksport qilinadigan mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri xazinaga kelib tushmaydi. Keyingi yillarda Armaniston banklari kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish bilan bogʻliq kredit ajratish siyosatini amalga oshirmoqda va ipoteka bozorini kengaytirib bormoqda.

Togʻli Qorabogʻda mavjud banklar eski bank tizimida, yaʼni „VTB Armeniya“ banki orqali faoliyat koʻrsatmoqda. Shu bilan birga „Western Union“ va „Money Gram“ pul koʻchirmalari ham faoliyat olib bormoqda.

Agrar soha Togʻli Qorabogʻda tarixan rivojlanib kelgan va ixtisoslashgan sohalardan iboratdir. Hozirda agrar sector YaIMning 15,7 % ini yetkazib beradi. 1994-1995-yillarda kolxoz va sovxozlar tugatildi hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari tashkil etildi. 1998-1999-yillarda esa yerlar qishloq ahliga boʻlib berildi va kishi boshiga 0,6 gektar yer ajratildi. Hozirda Togʻli Qorabogʻda 15 ming fermer roʻyxatga olingan. Qishloqliklar istisno ravishda barcha yer soliqlaridan ozod etilgan. Yer soligʻi esa yil mobaynida 3-10 AQSH dollari oraligʻida oʻzgarib turadi. 2001-yildan boshlab esa soliq tizimida foydadan olingan soliq 32 % dan 5 %ga kamaytirildi (qayd etmoq lozimki, Ozarbayjonda bu koʻrsatkich −24 %, Armanistonda esa 25 %). Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi muassasalar esa qoʻshimcha daromad soligʻidan ozod etilgan. Uydirma Togʻli Qorabogʻda asosan sharob va aroq ishlab chiqarish ustun turadi. Aroqlar asosan bugʻdoy va mevalardan, vino va sharoblar esa tut, oʻrik va uzumdan tayyorlanadi. Eng katta korxonalar esa „Qarabag Gold“ va „Arsax Algo“ QSJdir. Bu korxonalar tomonidan ishlab chiqargan mahsulotlarning faqat 15 % idan ichki isteʼmol uchun foydalaniladi. Qolgan 85 % Armaniston, Rossiya, Ukraina va AQSHga joʻnatiladi. Qayd etmoq lozimki, 2009-2012-yillarda uydirma Togʻli Qorabogʻda qishloq xoʻjaligining rivojlantirilishi bilan bogʻliq dastur tayyorlangan. Bundan asosiy maqsad esa mintaqada bugʻdoy yetishtirishni koʻpaytirishga erishmoqdir.

Togʻli Qorabogʻda faoliyat olib borayotgan korxonalar orasida eng kattasi kon-maʼdan sanoatidir. Keyingi yillarda jahon bozorida oltinning narxi jadal oshib bormoqda. Mutaxassislarning taxminlariga koʻra, ahvol shunday davom etsa, oltinning 1 unsiyasi (33 gramm) 1500 dollardan oshib ketadi. Hozirda jahon bozorida oltinning 1 unsiyasi 1200 dollar atrofidadir.

Ozarbayjonning asosiy oltin zaxiralari boʻlmish Kalbajar va Zangilon rayonlari ishgʻol ostida qolgan. Qayd etmoq lozimki, Ozarbayjon Respublikasining Ekologiya va Tabiiy boyliklar vazirligi hozirda Ozarbayjonning oltita oltin konini (Gadabay, Qoʻsha, Kalbajar, Oʻrdubod bloki) ishga tushirish bilan bogʻliq bitimlar tuzgan.

Eslatib oʻtmoq kerakki, hozirda tugatilgan „Ozarqizil“ Davlat shirkati va AQSHning „R.V.Investment“ shirkati oʻrtasida 1997-yilda 25 yilda moʻljallangan 51+49 nisbatida bitim tuzilgan. Bu bitimda Ozarbayjonning zaxiralari 400 tonna oltin, 2500 tonna kumush va 1,5 million tonna mis boʻlgan konlarini ishga tushirish koʻzda tutilgan edi. Bitimga asosan AQSH tomoni loyiha uchun 500 million dollarga yaqin sarmoya kiritishi, shundan 30-40 million dollarini konlarni izlab toppish ishlariga yoʻnaltirishi lozim edi.

Armaniston Ozarbayjonning ishgʻol etilgan hududlarini ham qoʻshib olgan holda yangidan-yangi konlardan qimmatbaho metallar qazib olishga urinmoqda. Hozirda Armanistonda qadimiy oltin konlari barpo etilmoqda, yangi konlar ishga tushirilmoqda. Yerevandan janubda joylashgan Ararat togʻlaridagi oltin konlarini ishga tushirish Rossiya shirkatiga havola etilgan. Rossiyaning „Madneuli“ shirkati Armanistonning asosiy oltin konlari ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olgan. Lekin ushbu shirkatning nazorati ostiga berilgan Zoʻd oltin koni munozaralidir. Zoʻd oltin konining bir qismi Kalbajar rayoni hududida joylashgan. Maʼlumotlarga koʻra, armanilar qonunsiz ravishda ishgʻol etilgan Kalbajar hududidan ham oltin kavlab olishni rejalashtirganlar. Ozarbayjon tomoni Zoʻd konining „Madneuli“ shirkati oʻz ixtiyoriga olishiga qarshi rasmiy norozilik bildirgan. Kondan oltin kavlab olish uchun foydalaniladigan tsianid kislotasi esa atrofdagi daryolarga oqizib yuborilgan. Bu ham mintaqaning ekologik vaziyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ayni paytda „Beyz Metls“ mis rudasini boyituvchi kombinati ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu kombinat 150 ming tonna polimetall rudasini togʻdan qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda keying 4 yilda rejadagidan ham ortiq — 320 ming tonna polimetall rudasi qazib chiqarildi. Kelajakda esa bu yerdan har yili 400 ming tonna ruda qazib chiqarish rejalashtirilgan. Polimetall-ruda tozalangandan soʻng oltin holiga keladi va u Yevropa bozorlariga joʻnatiladi. Hozir kombinatda 1200 ishchi majud.

Uydirma Togʻli Qorabogʻning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning asosiy qismini Sarsang SES yetkazib beradi. Lekin bu umumiy ehtiyojning faqat 45 % ini qoplaydi, xolos. Qolgan ulush esa Armanistondan olinadi. Shuning uchun yangi dastur qabul qilinishi kutilmoqda. Bu dasturga asosan 25 ta yangi SES qurilishi koʻzda tutilgan.

Iqtisodiyotning eng foydali sohalaridan biri hisoblangan turizm tarmogʻini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Shu maqsadda turizm industriyasiga 2007-yilda 655 ming AQSH dollari, 2008-yilda 2 mln 857 ming AQSH dollari ajratilgan. Armani diasporasi asosan Shveytsariyaning „Sirkap Armeniya“ shirkati yordamida 1,5 mln AQSH dollari miqdorida bir nechta mehmonxona va otellar qurildi. Hozirda Togʻli Qorabogʻda 20 ta mustaqil otel, Xonkandida esa 10 ta mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda. Mintaqada „Stepanakertur“ va „Asapar“ turizm shirkatlari ishlab turibdi. Bu yerga keladigan sayyohlarning aksariyati AQSH, Fransiya, Kanada, Rossiya, Germaniya davlatlarining fuqarolaridir. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Avstriya, Suriya, Yaponiya, Isroil va boshqa davlatlardan ham turistlar oqimi kelib turadi.

Togʻli Qorabogʻ eksport qiladigan asosiy mahsulotlar: oltin, mis, sharob, aroq, konserva mahsulotlari va gilamlardir. Bu mahsulotlar asosan AQSHga, Yevropa davlatlariga va Rossiyaga eksport qilinadi. Qayd etib oʻtilgan barcha bu faktlar armanilar olib borayotgan chirkin va ishgʻolchilik siyosatining natijasidir. Hozirda bizni oʻylantiradigan bir savol bor, armanilarning Ozarbayjon tuproqlarida olib borayotgan gʻayriqonuniy faoliyatlari va oʻzboshimchaliklari qachongacha davom etadi? Biz buning javobini bilmaymiz…

Qorabogʻ oʻz moddiy va maʼnaviy madaniyatining barcha komponentlari bilan batamom Ozarbayjon xalqiga xos edi. Qorabogʻ gilami, Qorabogʻ libos turlari, qoʻlbola mahsulotlar nainki Ozarbayjonda, hatto butun Sharq oʻlkalarida ham mashhur boʻlib, yuksak baholanar edi. Qorabogʻda oʻziga hos ogʻirlik va boshqa oʻlchov birliklari mavjud edi. Qishloq xoʻjaligida yuksak anʼanaviy dehqonchilik va sugʻorish madaniyati yaratilgan edi.

Maʼnaviy madaniyatning eng muhim sohalarida ham Qorabogʻ oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. XVII — XVIII asrlardayoq Ozarbayjon adabiy tilida singarmonizm qonuniyati aynan Qorabogʻ dialektining taʼsiri bilan izchillik kasb etadi. Qorabogʻ shoirlarini birlashtirgan Majlisi uns va Majlisi faromushon oʻz uslubi bilan ajralib turardi. Qorabogʻ musiqiy maktabi esa hatto butun Sharqda mashhur edi. Qorabogʻning bosh shahri boʻlgan Shusha Zakavkazyening konservatoriyasi sifatida eʼtirof etilar edi.

Tarixiy faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yilning kuzida Armaniston KP MKning kotibi A.Arutyunov VKP(b) MKda boʻlib oʻtgan muzokarada Togʻli Qorabogʻ Viloyatini Armanistonga berilishi haqidagi taklif — loyihani taqdim etadi. Taklifda Togʻli Qorabogʻ aholisining aksariyati armanilardan iborat boʻlgani uchun ham ushbu hududning Armanistonga berilishi lozimligi alohida urgʻu berilgan edi. Shunda VKP(b) kotibiyati Ozarbayjon KP MK kotibi M.J. Bagʻirovning fikrini bilish uchun unga murojaat etadi

A. Arutyunovning maktub-loyihasidagi dalillarni ostin-ustun etgan M.J.Bagʻirov shunday fikr bildiradi: agar armanilar asos qilib keltirgan sababga koʻra Yuqori Qorabogʻning Armanistonga berilishi maqbul deb hisoblansa, mayli, TQMRning Shusha rayonidan boshqa hududari Armanistonga berilsin. Biroq bir shart bilan. Ana shu argument — omilga asoslaniladigan boʻlsa, ozarbayjonliklar yashaydigan Verdi, Qorabogʻlar va Yigʻiqnazor rayonlari Naxchivonga birlashtirilsin, shuningdek, bir vaqtlar Gruziya va Dogʻistonga berib yuborilgan Ozarbayjon tuproqlari ortga qaytarilsin.

Qorabogʻ haqidagi faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qorabogʻ haqidagi haqiqiy faktlar“ (The series of „The true facts about Garabagh“) — kitoblar seriyasidagi maʼlumotlar ingliz tilida boʻlgani sababli, aynan berilmoqda:

Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hududiy maydoni — 4388 kv.km
  • Aholisi (1989) — 189085
  • Armanilar — 145450 (76,9 %)
  • Ozarbayjonliklar — 40688 (21,5 %)
  • Ruslar — 1922 (1 %)
  • Boshqalar — 1025 (0,6 %)

Togʻli Qorabogʻ viloyati atrofidagi boshqa rayonlar va ularning ishgʻol etilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xonkandi — 25 dekabr 1991 — 53500
  • Xoʻjavat — 2 oktabr 1992 — 41725
  • Shusha — 08 may 1992 — 24900
  • Lochin — 18 may 1992 — 71000
  • Kalbajar — 2 aprel 1993 — 74000
  • Ogʻdom — 23 iyul 1993 — 165600
  • Fuzuliy — 23 avgust 1993 — 146000
  • Jabroyil — 23 avgust 1993 — 66000
  • Qubodli — 31 avgust 1993 — 37900
  • Zangilon — 29 oktabr 1993 — 39500

Tajovuz qurbonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Halok boʻlganlar — 20000
  • Jarohatlanganlar — 50000
  • Bedarak ketganlar — 4866

Vayrongarchilik va koʻrilgan zararlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aholi punktlari — 890
  • Uylar — 150000
  • Maʼmuriy binolar — 7000
  • Maktablar — 693
  • Bolalar bogʻchalari — 855
  • Sogʻliqni saqlash muassasalari — 695
  • Kutubxonalar — 927
  • Ibodatxonalar — 44
  • Masjidlar — 9
  • Tarixiy joylar — 9
  • Tarixiy obida va muzeylar — 464
  • Muzeylar — 40000
  • Sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalari — 6000
  • Avtomobil yoʻllari — 8000 km
  • Koʻpriklar — 160
  • Suv tarmoqlari — 2300 km
  • Gaz tarmoqlari — 2000 km
  • Elektr tarmoqlari — 15 000 km
  • Oʻrmonlar — 280000 ga
  • Ekin maydonlari — 1000000 ga
  • Sugʻorish tizimlari — 1200 km

Umumiy zarar 60 milliard AQSH dollari atrofida taxmin etiladi.

Muammoni jahon hamjamiyati diqqatiga yetkazish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqsadli olib borilayotgan siyosat natijasida Togʻli Qorabogʻ muammosi jahon hamjamiyatining diqqat markazida saqlanib kelmoqda. Mustaqil xorijiy tadqiqodchilar muammo yuzasidan seminarlar oʻtkazishyapti, matbuotda chiqishlar qilib, kitoblar nashr qilishyapti. Obyektiv izlanishning soʻnggi mahsullaridan biri bu Moskva Davlat Universiteti tomonidan 2011-yilning yanvar oyida chop etilgan „Mayendorfdan Ostonagacha: arman — ozarbayjon togʻli qorabogʻ mojarosining prinsipial jihatlari“ kitobidir.[20]

Togʻli Qorabogʻ tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻli Qorabogʻ tabiati juda boydir.

  • Iqlimi — iliq — issiq, togʻlar- tundra, yozi iliq, qishi sovuq, quruq iqlimli.
  • Harorat — bahorda 5-10 daraja, yozda — 20-30 daraja, kuzda — 2-8 daraja, qishda — 10-15 daraja sovuq.
  • Geografiya — Oʻz nomidan maʼlumki, asosan togʻli joylarda joylashgan. Eng yuqori choʻqqilari: Murovdag, Bovurxan togʻi, Vangli, Maryamdag, Djidir va Kirs qiyaliklari.

„Qorabogʻ haqida haqiqiy faktlar“ (The series of „The true facts about Garabagh“) turkumidagi kitoblar Geydar Aliyev Fondi tomonidan tayyorlangan:

  • „Qorabogʻ tarixi haqida qisqacha maʼlumot“ („Brief Information of the history of Garabagh“)
  • „Arman terroristik guruhlarining Ozarbayjonga qarshi harakatlari“ („Activity of Armenian terrorist organizations against Azerbaijan“)
  • „ Xodjali genotsidi“ („The Khojaly genocide“)
  • „Armanilarning Ozarbayjonliklarga qarshi agressiya natijasi“ („Consequences of Armenian aggression against Azerbaijan“)
  • Abdullaev V.A. Milliy gʻoya: siyosiy jihat. Boku: 1998, 123 bet.
  • Gamidov V. V. Ozarbayjonda mavjud siyosiy — geografik muammolar va ularni hal qilish yoʻllari. Boku: 2009, 184 bet.
  • Mamedov J.A. Geosiyosat. Boku: 2005, 232 bet.
  • Shamsizade N.D. Ozarbayjon mafkurasi. Boku: 1996, 65 bet.
  • Əhmədbəy, Cavanşir. Qarabağ xanlığının siyasi vəziyyətinə dair: 1747-ci ildən 1805-ci ilə qədər (azerbaijani). Baku: Azərbaycan SSR EA, 1961. 
  • Abbasov, Samir. Razgrablennyye kul'turnyye dostoyaniya, unichtozhennyye biblioteki - zhertvy armyanskoy agressii (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2012. 
  • Sovetskiy Nagornyy Karabakh (azerbaijani). Baku: Azerneshr, 1983. 
  • layihə rəhbəri. D. Musayev; red. hey. N. Abdullayev və b.. Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (Шуша - древний край Азербайджана) (azerbaijani), Baku, 2009. 
  • Nazim Məmmədov. Azərbaycan SSR Dağlıq Qarabağ bölgəsinin şəhər və rayonlarının tarixi: XX əsrin 20-90-cı illəri (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2010. 
  • Qarabağ həqiqətləri (azerbaijani), Baku, 2011. 
  • Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (azerbaijani), Baku, 2009. 
  • Vəlizadə Rövşən Novruz oğlu. Genosid... Ecocid: I kitab (azerbaijani). Baku: Adiloğlu, 2006. 
  • B.Eyvazov; A.Balayev; Predisoviye.A.Eyvazov. Eyvazov; Bakhadur Asker oglu. prof.. Kurort Shusha 1907-1987 (russian). Baku: Nurlan, 2008. 
  • G.Imanova; Predisloviye.M. Teymur. Moya Shusha: Patrioticheskiye stikhi (russian). Baku: Adil'oglu, 2007. 
  • Gasanova Aybeniz Ashraf kyzy. Sady i parki Azerbaydzhana: istoriya razvitiya landshaftnoy arkhitektury (russian). Baku: Ishyg, 1996. 
  • Gasym Gadzhiyev. Irevanskiy "akademicheskiy" etap sezona Gorisskogo teatra absurda S. Sarkisyana (russian). Baku: Teknur, 2013. 
  • Guliyev Gasan Mamedaga ogly. Smert' diplomata ili k istokam konflikta v Karabakhe (russian). Baku: Ergyun, 1995. 
  • Zemfira Gadzhiyeva. Garabagskoye khanstvo: sotsial'no-ekonomicheskiye otnosheniya i gosudarstvennoye ustroystvo (russian). Baku: Takhsil, 2008. 
  • Istoriya Azerbaydzhana po dokumentam i publikatsiyam. Elm (russian), Baku, 1990. 
  • Karabag-name. AN Azerbaydzhanskoy SSR (russian), Baku, 1950. 
  • Mustafa-zade Rakhman. Dve Respubliki: azerbaydzhano-rossiyskiye otnosheniya v 1918-1922 gg (russian). Baku: MIK, 2006. 
  • Turan Akhundova. Nemtsy-kolonisty Azerbaydzhana: XIX-nach. XX v. Shusha (russian), Baku, 1999. 
  • Khronika NKAO: fevral' 1988 - fevral' 1990. Kommunist (russian), Baku, 1990. 
  • Chingiz Kadzhar. Staraya Shusha (russian). Baku: Şərq-Qərb, 2007. 
  • E. Avalov; Fond Geydara Aliyeva; [sost. Obshchestvennaya Organizatsiya Razvitiya regionov] Avalov; El'turan. Shusha: grafika (russian). Baku: Chashyoglu, 2008. 
  • K. M. Məmmədzadə; N. A. Sərkisov; red. C. Quliyev; foto. Q. M. Hüseynzadə. Şuşa-Vaqifin türbəsi; AzSSR EA Tarix İn-tu Arxeologiya və Etnoqrafiya Sektoru (azerbaijani). Bakı: Elm, 1986. 
  • M. M. Ağamirov ; elmi red. O. Abasquliyev ; red. və ön söz müəl. S. Əliyev. Nəğmə dolu Şuşam mənim!(Песенный город Шуша/ Shusha - city of songs). Şuşa incəsənət məktəbi (azerbaijani). Bakı: Nurlar, 2013. 
  • pod red. I. P. Babenko. Pamyatnaya kniga Yelisavetpol'skoy guberniy na 1914 god: sprilozheniye tablitsy ob ekonomicheskom polozhenii nasedeniya gubernii (russian), Tiflis, 1914. 
  • Sadykhova Gyul'dzhamal Nariman kyzy. ; nauch. red. M. A. Ismailov ; NANA In-t Istorii im. A. Bakykhanova. Istoriya goroda Shushi (XIX-nachalo KHKH vv.): [monografiya] (russian). Baku: Nurlan, 2004. 
  • Dzh. Aleksandrovich; I. Azimbekov; V. M. Sysoyev; S.Aleksandrovich. Yevlakh-Shusha: arkheologicheskiy ocherk : otdel'nyy ottisk iz 3-go vypuska "Izvestiy Azkomstarisa" (russian), Baku, 1928. 

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}} 

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

  • „Tema Azerbaydjana v sredstvax massovoy informatsii Uzbekistana“ Oʻzbek va rus tillarida.
  • Oleg Kuznesov. Qorabogʻ konflikti: „afsonalari“ toʻgʻrisida haqiqat. 2015. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Turkestan i Yujniy Kavkaz XIX — XX vv. Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2015), Rus tilida.
  • „Ozarbayjoning madaniy merosi: Kulturnoe nasledie Azerbaydjana“ (2016), Oʻzbek va rus tillarida.
  • Tarix fanlari doktori, professor Ali Hasanovning „Geosiyosat“ kitobi (2016) — tarjimon Babaxan Sharifov. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Karabax — voyna idey“ (2016), Rus tilida.
  • Shuxrat Salamov. „Gʻoyalar jangi“. XIX-XX a.. Turkiston va Janubiy Kavkaz. T., — 2017. Oʻzbek tilida.
  • Abduvali Saybnazarov. Chelovechnost, unichtojennaya v Xodjalinskom genotside. -T., 2017. Oʻzbek va rus tillarida.
  • Ali Hasanov, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash va milliy qirgʻin siyosati. Xoʻjayli milliy qirgʻini / — Toshkent: „Istiqlol nuri“, 2017. Oʻzbek tilida.
  • Dokumentalniy film. „Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2016)
  1. 1,0 1,1 1,2 en:List_of_United_Nations_Security_Council_resolutions_on_the_Nagorno-Karabakh_conflict
  2. 2,0 2,1 2,2 https://2001-2009.state.gov/p/eur/rls/or/13508.htm
  3. 3,0 3,1 3,2 en:Council_of_Europe_Parliamentary_Assembly_Resolution_1416_(2005)
  4. 4,0 4,1 4,2 http://www.un.org/ga/search/view_doc.asp?symbol=a%2Fres%2F62%2F243&referer=https%3A%2F%2Fen.wikipedia.org%2F&Lang=R
  5. OʻzME
  6. Butun ittifoq aholisini roʻyxatdan oʻtkazish 1970-yil
  7. „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati“ Ozarbayjon SSR Oliy Kengashi Qonuni, 2011-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-17
  8. arxiv nusxasi, 2008-07-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-17
  9. Ozarbayjon Respublikasining Prezident Ishlari boʻyicha Prezident Kutubxonasi, Togʻli Qorabogʻ mojarosi, Boku — 2005
  10. arxiv nusxasi, 2008-07-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-17
  11. Togʻli Qorabogʻ tarixi[sayt ishlamaydi]
  12. Yıldırım, Dursun; Özönder, Cihat. 18.yüzyılda Ermeni-Rus ilişkileri, Erivan, 1967 — 204-205-bet.  Karabağ Dosyası. Ankara: Türk kültürünü Araştırma Enstitüsü, 1991 — 84-bet. 
  13. arxiv nusxasi, 2012-11-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-17
  14. N. N. Şavrov, Novaya Ugroza Russkomu Delu v Zakavkazie, St. Petersburg, 1911, s. 59-61.
  15. Tadeusz Swietochowski, Müslüman Cemaatten Ulusal Kimliğe Rus Azerbaycanı 1905-1920, İstanbul, Bağlam, 1988, s. 26.
  16. N. N. Şavrov, Novaya Ugroza Russkomu Delu v Zakavkazie, St. Petersburg, 1911, s. 59-61.
  17. Tadeusz Swietochowski, Müslüman Cemaatten Ulusal Kimliğe Rus Azerbaycanı 1905-1920, İstanbul, Bağlam, 1988, s. 26.
  18. Johannes Rau: Der Berg-Karabach-Konflikt zwischen Armenien und Aserbaidschan, S. 89, Verlag Dr. Köster 2007, ISBN 978-3-89574-629-1
  19. Togʻli Qorabogʻ
  20. http://news.day.az/politics/248351.html