Kontent qismiga oʻtish

Foma Akvinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Thomas Aquinasdan yoʻnaltirildi)
Thomas Aguinas
Tavalludi 1225
Vafoti 7-mart 1274
Otasi Landulphe d'Aquino
Super Physicam Aristotelis, 1595

Thomas Aguinas yoki Foma Akvinskiy (Foma Akvinat) (lotincha: Thomas Aquinas, italyancha: Tommaso d'Aquino; 1225 yoki 1226, Akuino yaqinidagi Rokkasekka qalʼasi – 1274.7.3, Janubiy Italiya, Fossanuova monastiri) – oʻrta asr faylasufi va sxolastteolog, tomizm asoschisi.

Otasi uni kelajakda cherkovda ishlashini xohlardi. Onasi neapollik badavlat xonadon farzandi edi. 1244-yildan dominikochilar ordeni monaxi. 1257-yili drlik darajasini olgan. Foma Akvinskiyning obyektividealistik falsafiy tizimi din va aql uygunligi tamoyiliga asoslangan boʻlib, Aristotel taʼlimotini ilohiy jihatdan talqin qilish natijasida vujudga kelgan. Foma Akvinskiy tabiiy borliqning va inson aqlidrokining nisbiy mustaqilligini eʼtirof qilib (tabiiy huquq konsepsiyasi va boshqalar), tabiat xudoning marhamatida, aiyiidrok eʼtiqodda, falsafiy bilish va tabiiy ilohiyot esa gʻayritabiiy vahiyda yakunlanadi, deb hisoblagan.

1323-yili Foma Akvinskiy avliyolar qatoriga qoʻshilgan, 1879-yil esa uning taʼlimoti katolitsizmning birdan bir chin falsafasi deb eʼlon qilingan. Asosiy asarlari: „Majusiylarga qarshi toʻplam“ (1261—64), „Ilohiyot toʻplami“ (1265—73) va b (yana qarang Neotomizm).