Aleksey Nikitich Tekuchev
Qiyofa
(Tekuchev Aleksey Nikitichdan yoʻnaltirildi)
Aleksey Nikitich Tekuchev (1900, Yuqorikurmayarsk — 1978) — fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950); fizikamat, fanlari doktori (1945). Moskva universitetni tugatgan (1930). 1930-yildan boshlab Samarqand Pedagogika akademiyasida, Oʻzbekiston Davlat Universitetida (1945—56), Ryazan davlat pedagogika institutida ishlagan. Ilmiy ishlari, asosan, geliotexnika masalalariga bagʻishlangan. U metall plyonkalarning optik xossalarini oʻrganib, bu plyonkalarning yorugʻlikni aks ettirish va yutish koeffitsiyentini aniklash usullarini ishlab chiqishga muvaffaq boʻlgan, sirtlarning nur yutish va kaytarish koeffitsiyentlarini aniqlagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |