Tanganyika
Tanganyika | |
6°6′0″S 29°30′0″E / 6.10000°S 29.50000°E | |
Mamlakatlar | Tanzania Zambia Burundi Kongo Demokratik Respublikasi |
Yuzasi | 32 900 km² |
Hajmi | 18 900 km³ |
Tushuvchi daryolar | Rusizi Malagarasi |
Oqib chiquvchi daryo | Lukuga |
Tanganyika — Afrikadagi koʻl, Kongo Demokratik Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Maydoni 34 ming km². Sharqiy Afrika yoriklari zonasidagi tektonik botiqda, 773 m balandlikda. Uzunligi 650 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 1470 m (chuqurligi boʻyicha Baykal koʻlidan keyin 2oʻrinda). Qirgʻokdari tekis, baʼzi joylarda baland va tik. Tanganyikaga Malagarasi va Ruzizi daryolari quyiladi. Lukuga va Lualaba daryolari opkali oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Faunasi endemiklarga juda boy. Begemot, timsoh, suzuvchi parrandalar turi koʻp. Atrofida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Portlari: Kigoma, Bujumbura, Kalima. Tanganyikaga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1858-yilda ingliz sayyoxlari R.Byorton va J.Spik borganlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |