Biologik drenaj
Biologik drenaj, tabiiy drenaj —ortiqcha yer osti suvlariii tabiiy oʻsimlik qoplami—daraxtzorlar, oʻrmon mintaqalari, ekinlar yordamida chiqarib tashlash. Biologik drenaj tuproqsharoitini yaxshilashga, zaxini krchirishga xizmat qiladi, yer osti suvlari sathini pasaytiradi (qarang Transpiratsiya). Barglari orqali koʻp suv bugʻlatish qobiliyatiga ega boʻlgan tol, terak, qayragʻoch kabi daraxtlar va beda singari qishloq xoʻjaligi ekinlari Biologik drenaj vazifasini bajaradi. Maye, vegetatsiya davrida bir tup tol va terak 20—100 m3 gacha suv bugʻlatadi, sugʻoriladigan maydonning 1,5% ni qoplagan daraxtzor drenaj chikaradigan tuzlarning 15% ni olib chiqadi. Beda (yoshi, zichligi, sizot suvlari sathining chuqurligi, tuproqning granulometrik tarkibi va boshqa sharoitlarga qarab) 4–20 m³/ga suv sarflaydi. Bu miqdorning 78% gacha qismi yer osti suvlari hissasiga toʻgʻri keladi. Yoz faslida, oʻsimliklar suvni koʻplab sarflaydigan davrda bedazorlardagi yer osti suvlari sathi ekinzor dalalaridagiga nisbatan 50—70 sm chuqurroqda boʻladi. Oʻzbekistonning choʻl va yarim choʻl zonalarida oʻzlashtirilgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda terak, tol, jiyda, chinor, oq akatsiya va boshqalardan keng foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |