Kauchuk
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kauchuk (tupi tilida „kau“ — daraxt va „uchu“ — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlinadi.kauchuk har xil boladi
Tabiiy kauchuk — asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks kayta ishlanib, xom — texnik kauchuk hosil qilinadi. Uning tarkibida 93—94% kauchuk, 2,4—2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5—3% smola bor. Toza tabiiy kauchuk yuqori molekulali toʻyinmagan uglevodorod, tarkibi (S5N8)p. Mol. m. 150 mingdan 500 minggacha boradi, zanjirining uz. 10000—40000 A, koʻndalang kesimi 1,5—3 A gacha. Tabiiy kauchuk molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati elastikligini koʻrsatadi. Tabiiy kauchuk yogʻ va aromatik uglevodorodlarda va ularning hosilalarida, mas, benzin, benzol, xloroformlarda erib, yopishqoq eritma yelim hosil qiladi. Tabiiy kauchuk toʻyinmagan birikma boʻlgani uchun vodorod, galogenlar, oltingugurt va kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada uning eruvchanligi, mustahkamligi, elastikligi va b. fizik, mexanik xossalari oʻzgaradi. Xom kauchuk oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib yuqori sifatli rezinaga (qarang Vulkanizatsiya) aylanadi. Tabiiy kauchuk, odatda, amorf holatda boʻladi, lekin vaqt oʻtishi bilan kristallanishi mumkin. Yuqori elastikligi, suv va gaz oʻtkazmasligi, elektroizolyasion xususiyati va yemiruvchi muhitlarga chidamliligi tufayli kauchuk texnika va turmushda koʻp ishlatiladi. Indoneziya, Malayziya, Tailand, Hindiston, Xitoy, Shri Lanka va Vyetnamda tabiiy kauchuk koʻp ishlab chiqariladi. Sintetik kauchuk — sunʼiy yoʻl bilan rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer). Sintetik kauchuk turli birikmalarni polimerlab va sopolimerlab olinadi. Suyuq kauchuklar, ularning suvdagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yogʻ, qorakuya va b. toʻldiruvchilar qoʻllab olinadigan kauchuk ham sintetik kauchukdir Baʼzi sintetik kauchuklarni olishda uglevodorodlarning bifunksional hosilalarini polikondensatlash usuli qoʻllanadi. Sintetik kauchuk olish 2 asosiy jarayon: monomer (kauchogen)lar tayyorlash va ularni polimerlash yoki polikondensatlashdan iborat. Butadiyen, stirol, izopren, xlorpren, izobutilen, akrilonitril (vinil sianid) va b. kauchogenlar sifatida ishlatiladi. Kauchogenlarning oʻzi esa neft krekingi gazi, tabiiy va yoʻlakay gazlar, etil spirtidan olinadi. Kauchogenlarni polimerlash jarayonida monomerlar katalizator (mas, natriy metali) ishtirokida (monomerning oʻzi yoki eritmasi, suvli emulsiyasi) qizdiriladi. Polimerlashda emulsiya polimer suspenziyaga, yaʼni sintetik lateksga aylangach, koagulyasiyalanadi. Ajralib chiqqan kauchuk yuvib quritiladi. Hoz. sintetik kauchukning 20 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Bulardan butadiyen kauchuk, butadiyennitrilakril kauchuk, butil kauchukning sanoatdagi ahamiyati katta. Sintetik kauchukning koʻp turlari tabiiy kauchuk singari vulkanizatsiyalanib, yuqori elastik yoki qattiq materialga aylanadi. Asosi kremniy, uglerod, kislorod atomlari zanjiridan iborat. Kauchukka oʻxshash elastik materiallar (issiqqa chidamli silikon kauchuk, qarang: Kremniyorganik birikmalar) yoki uglerod va oltingugurt atomlaridan iborat polisulfid kauchuk, polifosfonitrilxlorid, polidixlorfosfezen va ayrim polixlorvinil smolalar ham sintetik kauchukka kiradi. Sintetik kauchuk yog va b. organik moddalarga (mas, butadiyen — nitril kauchuklar), issiq va sovuqqa (mas, kremniy organik kauchuklar) chidamli boʻlishi kerak.
Baʼzi sintetik kauchuklar texnik xossalari (mas, issiqqa, erituvchilarga, yemiruvchi muhitlarga va ishqalanishga, yorugʻlik va ozon taʼsiriga chidamliligi, gaz oʻtkazmasligi va b.)ga koʻra, tabiiy kauchukdan afzal. Sinetik kauchuklardan 50 mingga yaqin nomda mahsulotlar ishlab chiqariladi. Birinchi sintetik kauchukni 1879-yil G. Busharda (Fransiya) olgan; sanoat miqyosida ishlab chiqarishni S. V. Lebedev (Rossiya) 1932-yilda yoʻlga qoʻydi. Sintetik kauchuk olish iklim va geografik sharoitlarga bogʻliq boʻlmaganligi, mehnat unumdorligining yuqoriligi va arzon xom ashyo bazasining mavjudligi tufayli katta iktisodiy foyda beradi. Kauchuk shina, amortizatorlar, yelimlar, sanitariya-gigiyena mahsulotlari va b. ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Jahon miqyosida har yili 16,5 million tonna kauchuk (4,5 million tonna tabiiy va 12 million tonna sintetik kauchuk) ishlab chiqariladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ashurov, Nigʻmat. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
- Dogadkin B. A., Donsov kauchukA., Shershne v V. A., Ximiya elastomerov, 2 izd., Moskva, 1981.
- Sinteticheskiy kauchuk, 2 izd., Leningrad, 1983.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |