Ulyanovsk
Ulyanovsk (1780-yilgacha — Sinbirsk, 1924-yilgacha — Simbirsk) — Rossiya Federatsiyasi Ulyanovsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga va Sviyaga daryolari boʻyida. Transport yoʻli chorrahasi. Daryo porti (Kuybishev suv ombori). Aeroport bor. Aholisi 636 ming kishi (2002). Shahar 1648-yilda Sinbirsk istehkomi sifatida vujudga kelgan. 18-asr boshlaridan Kozon gubernyasida. 1780-yilda Simbirsk noibligiga asos solingan. 1796-yildan gubernya shahri. 19-asrda Volga boʻyidagi don, baliq, qoramol, yogʻochtaxta savdosi markazlaridan boʻlib qoldi. Oziq-ovqat sanoati rivojlandi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya sanoat majmui, "Avto UAZ" i.ch. birlashmasi; motor, ogʻir va unikal stanoklar, "Kontaktor" va boshqa zavodlar), qurilish materiallari i.ch., kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy muzeylar, I.A.Goncharov tarixiymemorial muzeyi; tarixiymemorial qoʻriqxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan: gimnaziya (18-asr), Lenin memoriali binosi (1967—70) mavjud. V.I.Ulyanov (Lenin) nomiga qoʻyilgan (Simbirskda tugʻilgan).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |