Franz Schubert
Franz Schubert | |
---|---|
Tavalludi | 31-yanvar 1797[1][2][3] |
Vafoti | 19-noyabr 1828[1][2] |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi va Archduchy of Austria |
Otasi | Franz Theodor Schubert |
Franz Peter Schubert (31-yanvar 1797, Lixtental — 19-noyabr 1828, Vena) — avstriyalik kompozitor, musiqiy romantizmning ilk yirik namoyandalaridan.
Qoʻshiq (romans), simfoniya va fortepiano miniatyuralarining yangi romantik turini yaratgan. Oddiy kishilar his-tuygʻularini aks etgan, chuqur lirizm bilan sugʻorilgan Shubert ijodi badiiy obrazlar samimiyligi, ifoda vositalari soddaligi, xalq va ommaviy janrlar (raqs, qoʻshiq)ga yaqinligi, musiqa tili ohangdorligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha janrlarga murojaat qilgan Shubert qoʻshiq (romans) janriga alohida ahamiyat bergan: 600 dan ortiq qoʻshiq, shu jumladan, Gyote, Shiller, Geyne sheʼrlariga musiqa, Myuller asarlari asosida „Goʻzal tegirmonchi qiz“, „Qish yoʻli“ turkumlari.
U, shuningdek, operalar, simfoniyalar, kamer ansambllar („Forel“ nomli fortepiano kvinteti, 1819-yil, 14 torli kvarteti, trio, kvintet), fortepiano asarlari (sonatalar, valslar, ekspromtlar, „Darbadar“ fantaziyasi, 1822-yil) va boshqalar yaratgan. Soʻnggi asarlarida dramatik, hatto fojiaviy mavzular koʻproq oʻrin olgan. 9-chi („Katta“) simfoniyasida (1828-yil) xalq epik obrazlari tarannum etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ — С. 99-105.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boris Kremnev, Shubert hayoti va ijodi, T., 1973.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |