Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Shostakovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Shostakovich
Tavalludi 12 (25) sentyabr 1906[1][2]
Vafoti 9-avgust 1975[3][1][2]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Otasi Dmitry Shostakovich
Dmitriy Shostakovich (1950)

Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich (1906.25.9, Peterburg 1975.9.8, Moskva) – rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi. 20-asr musiqa klassigi. Rossiya xalq artisti (1948), Xalq artisti (1954), Mehnat Qahramoni (1966). Leningrad konservatoriyasini fortepiano (1923) va kompozitsiya (1925) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Leningrad va Moskva konservatoriyalarida dars bergan, shogirdlari orasida G. Sviridov, Q.Qorayev, M.Leviyev va boshqalar bor. Rossiya kompozitorlar uyushmasi raisi (1960-68).

Shostakovich kompozitorlik ijodiyotining deyarli barcha janrlarini qamrab, simfonik musiqa, vokal musiqa, musiqali teatr, kamer musiqa sohalarida jahonshumul ahamiyatga molik asarlar yaratgan. Xususan, 15 simfoniyasi (1925), „Burun“ (1930) va „Katerina Izmaylova“ (1934, 2-tahriri 1956) operalari, 15 kvarteti (1938— 74), skripka (1968), alt (1975), violonchel (1934) sonatalari, cholgʻu konsertlari (1933—67), 24 prelyudiya va fugasi (1951), Pushkin, Blok, Byorns, Shekspir, Mikelanjelo va boshqalarning sheʼrlariga yaratgʻan qoʻshiq va romanslari, 30 ga yaqin kinofilm (Maksim haqida trilogiyasi, 1935— 39; „Yosh gvardiya“, 1948; „Soʻna“, 1955; va, ayniqsa, „Hamlet“ 1964; „Qirol Lir“, 1971)larga yozgan musiqalari bilan mazkur janrlarning 20-asrdagi taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan. Teran dramatizm, fojiaviylik bilan sugʻorilgan, ayni paytda nozik lirika, oʻtkir yumor va kinoyaga boy Sh. asarlarida chuqur, hayotan muhim gʻoyaviy konsepsiyalar, inson kechinmalarining murakkab olami, uning orzuumidlari, yorugʻlik va kamolotga intilishlari oʻzining badiiy yetuk ifodasini topgan.

Shostakovich 1940-yillardan eʼtiboran Oʻzbekiston sanʼatkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Fashistlarga qarshi jangning ramziga aylangan mashhur 7 „Lenintradnoma“ simfoniyasining birinchi ijrolaridan biri Toshkentda oʻtgan (1942.22.6), keyinchalik deyarli barcha simfoniyalari, „Oyimqiz va bezori“ baleti, konsertlari, kamer musiqasi muntazam ijro ztilgan. Sh. bir necha bor Oʻzbekistonga kelgan (1959, 1960, 1964), M.Burhonov, A.Jabborov, F.Yanov-Yanovskiylar bilan doʻstona alohida boʻlgan, yosh oʻzbek kompozitorlari va musiqashunoslarini qoʻllab quvvatlagan. Shostakovich ijodi koʻpgina zamonaviy kompozitorlar (jumladan, Oʻzbekistonda – Ik. Akbarov, M.Tojiyev, T.Qurbonov, M. Mahmudov, N.Gʻiyosov va boshqalar) ijodiga taʼsir oʻtkazgan. Bu haqda T.Vizgo, N.YanovYanovskaya va T. Gʻafurbekovlar tadqiqotlar yaratishgan.

Rossiya (1974), Ukraina (1976), Sibelius nomidagi (1958), Davlat (1941, 1942, 1946, 1950, 1952, 1968), Xalqaro Tinchlik (1954) mukofotlari laureati[4].

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. Gʻafurbekov, Toʻxtasin „Shostakovich Dmitriy Dmitriyevich“ OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil