Xonzoda begim
Xonzoda begim, Sevinbeka (? — 1411.3.11, Tus) — Xorazm malikalaridan biri. Oʻzbekxonning nabirasi. Xonzoda begim nomi bilan mashhur boʻlgan.
1374 yil Xonzoda begim izzat-ikrom bilan Samarqandga keltirilgan va Jahongir Mirzoga nikohlab berilgan. Ularning nikohidan Muhammad Sulton Mirzo tugʻilgan. 1376 yil Jahongir Mirzo vafotidan soʻng Xonzoda begim Amir Temurning 3-oʻgʻli Mironshoh nikohiga kirgan (1383). Mironshohdan Xalil Sulton Mirzo dunyoga kelgan. Xonzoda begim oʻtkir zehnli, aqlfarosatli hamda tadbirkorligi tufayli Amir Temur eʼtiborini qozongan. 1407-yilda Xonzoda begim Makkatullo ziyoratiga ketgan. Ziyoratdan qaytgach, Abdurazzoq Samarqandiynnng maʼlumotiga qaraganda oʻgʻli, Xalil Sulton Mirzoning oʻlimidan bir necha kun ilgari vafot etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Ryui Gonzales de Klavix o, Dnevnik puteshestviya v Samarqand k dvoru Temura (1403—1406), M., 1990; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |