Sergiyev posad
Sergiyev posad (1925-30 yillarda Sergiyev, 1930—91 yillarda Zagorsk) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1925-yildan). Moskvadan 70 km shimoli-sharqdagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 112,4 ming kishi (1998). Troitsa Sergiyev monastiri yonidagi qishloq va slobodalar (1340-yildan maʼlum; 1744-yildan Troitsa Sergiyev lavrasi) 1782-yildan birlashdi. Mashinasozlik, "Avtospetsoborudovaniye", elektromexanika, lokboʻyoq, optikamexanika, qurilish materiallari, kimyo zavodlari, trikotaj va mebel fabrikalari bor. Oʻyinchoqlar ishlab chiqariladi. Zotli tovuqlar boqiladi. Zootexnika, kino, oʻyinchoklar badiiysanoat oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻyinchoq muzeyi mavjud. Lavra hududida Moskva Diniy akademiyasi va seminariyasi, Vvedenskaya va Pyatnitskaya posad cherkovlari (16-asr), Pyatnitskiy qudugʻi (17—18-asrlar) bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |