Camille Saint-Saëns
Camille Saint-Saëns | |
---|---|
Tavalludi | 9-oktyabr 1835[1] |
Vafoti | 16-dekabr 1921[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Charles Camille Saint-Saëns (talaffuzi: Sharl Kamiy Sen-Sans; 1835.9.10, Parij 1921.16.12, Jazoir, Parijda dafn etilgan) – fransuz kompozitori, ijrochi va jamoat arbobi. Fransiya instituti aʼzosi (1881), Kembrij universiteti doktori (1893). Milliy musiqa jamiyati asoschilaridan (1871). Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848-1852). 1853-1877-yillarda Parij soborlarida organchi boʻlib, oʻzining mukammal badiha ijrolari bilan shuhrat qozongan. 1870-yillardan boshlab Yevropa, Shimoliy Afrika va Amerika mamlakatlarida pianinochi va dirijyor sifatida konsertlar bergan. Kompozitorlik ijodida dilkash ifodalilik va garmonik nafislik, orkestr koloritining rangbarangligi, oʻzgarishlarga boy ritmikasi, xalq musiqasiga yaqinlik xususiyatlari koʻzga tashlanadi. S. S. 12 opera (jumladan, oriyental uslubda yaratilgan „Samson va Dalila“, 1868), 5 ta fortepiano, 3 ta skripka, 2 ta violonchel konsertlari, bir necha simfonik va vokalsimfonik asarlar, kamercholgʻu pyesalar (jumladan, mashhur „Hayvonlar karnavali“ syuitasi) va boshqa asarlar yozgan. U Sharq musiqasiga izchil qiziqib, „Arabcha kapris“, „Jazoircha syuita“, „Fors taronalari“ kabi asarlar yaratgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |