Kontent qismiga oʻtish

Kashkul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Satildan yoʻnaltirildi)

Kashkul, kachkul, kachkoʻl, satil — 1) mis idish; odatda, masalliqlar saqlanadi. Chuqur, qopqoqli, dastali boʻladi. Islimiy, girih naqshlar bilan nafis bezatiladi. Toshkent, Xoʻjand, Qoʻqonda kashkul (yoki kachkul), Andijon, Margʻilon, Namanganda satil deb ataladi;

2) qalandar va darvishlar yenboshiga osib yuradigan uzunchoq idish; ichiga xayr-sadaqa narsalari solingan[1];

3) Gadoylarning narsa soladigan idishi boʻlib, ular nima topsa, shu idishiga aralashtirib tashlayverishgan. Sharq olim va shoirlari xayollariga kelgan fikrlarni ifodalab yoki boshqa olimlarning asarlaridan yoqtirib qolgan hikmat va hikoyatlarni toʻplab, kitob shakliga keltirishga va uni “kachko‘l” deb atashgan. Sharqda kachko‘l tuzish anʼanaga aylangan bo‘lib, Sharqshunoslik institutida bunday kachko‘llar koʻp[2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.