Fridrix Sander
Fridrix Arturovich Sander (1887.11.78, Riga - 1933.28.3, Kislovodsk) — olim va ixtirochi, raketa texnikasi yaratuvchilaridan biri. Riga politexnika intini tugatgach (1914), Riga va Moskvadagi sanoat korxonalarida ishlagan (1920-yilgacha). Reaktiv harakat muammolari bilan 1908-yildan shugʻullana boshlagan. 1921-yilda sayyoralararo kema-aeroplan loyihasini eʼlon qilgan, 1924-yilda samolyot va raketani oʻz ichiga olgan kosmik uchish apparata (KUA) ni yaratgan; parvoz paytida qoʻshimcha yonilgʻi sifatida KUAning ish bajarib boʻlgan qismlarini yokish gʻoyasini ilgari surgan. 1930—31 yilda tortish kuchi 1,42 N ga teng boʻlgan, siqilgan havo va benzindan iborat yonilgida ishlaydigan OR-1 reaktiv dvigatelini, 1931—32 yillarda suyuq yonilgʻida ishlaydigan OR-2 raketa dvigateli oʻrnatilgan dvigatel kurilmasini yasadi va sinab koʻrdi. S. "10 dvigateli" va "GIRD-X" raketasi loyihasini ishlab chikdi. Oyning teskari tomonidagi krater S. nomi bilan atalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |