San Juan (Puerto-Riko)
San Juan | |
---|---|
18°27′55″N 66°7′0″W / 18.46528°N 66.11667°W | |
|
San-Juan – Puerto-Rikoning maʼmuriy markazi, Puerto-Riko orolining shimoliy sohilida joylashgan yirik port. Aholisi 438 ming kishi (1995, shahar atrofi bilan 1 mln. kishi). Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 1550 mm. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
Port orqali chetga shakarqand, rom, tamaki, kofe, sabzavot va mevalar eksport qilinadi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari bor. Shaharga 1508-yilda asos solingan va dastlab Kaparra, 1521-yildan yangi joyga koʻchirilib Puerto-Riko (ispancha – boy port) deb nomlangan. Keyinchalik orolni Puerto-Riko, shaharni esa San Juan deb atay boshlaganlar. Meʼmoriy yodgorliklardan qasrlar (1533), sobor (1540—87), cherkov (1929) saqlangan. Universitet, Ispan tili akademiyasi, Puerto-Riko madaniyati instituti, kutubxona, muzey va teatrlar bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |