Ftalat angidrid
Qiyofa
(S8n4o3dan yoʻnaltirildi)
Ftalat angidrid, S8N4O3 -Ftalat (ortoftalat) kislota angidridi; rangsiz kristallar. Mol. m. 148,11. Suyuqlanish temperaturasi 130,8°, qaynash temperaturasi 284,5°, zichligi 1527 kg/m3. Ftalat angidrid suvda juda oz (25° da 0,6%), spirtda, uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Qaynoq suv taʼsirida gidrolizlanib oftalat kislotaga aylanadi. Kondensatlanish reaksiyalariga oson kirishadi. Ftalat angidrid naftalin, shuningdek, oksilolni havo kislorodi yordamida gaz fazada katalizator ishtirokida oksidlash yoʻli bn olinadi. Organik boʻyagichlar, alkid smolalar, plastifikatorlar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |