Kontent qismiga oʻtish

Rus-tuzem maktablari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rus-tuzem maktabidan yoʻnaltirildi)

Rus-tuzem maktablari (rus. tuzemets — mahalliy aholi) — Turkistonda Oktyabr toʻntarishiga qadar mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlangʻich rus maktablari. Uni ochishdan asosiy maqsad oʻlkani ruslashtirish edi. Turkiston generalgubernatori K.P. fon Kaufman "musulmon va rus maktablarining ajralib turishi"ni iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu gʻoyani Kaufmanning izdoshi generalleytenant N.O. Rozenbax davom ettirib, ibtidoiy turdagi yangi maktablar — Rus-tuzem maktablarim. tarmogʻini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Birinchi rustuzem maktabi 1884-yil 19 dekabrda Toshkentda ochilgan. Unda 41 bola oʻqigan. 1891-yil Xivada, 1894-yil Buxoroda ham ochilgan. Ularning soni 19-asr oxirida 100 dan oshgan. Rus-tuzem maktablarim.da taʼlim muddati 4 y. boʻlgan. Rus-tuzem maktablarim. ruscha va mahalliy sinflarga boʻlingan. Rus tili, oʻqish, yozish, hisob, geom., tarix, boshlangʻich oʻzbek tili, arab tili va islom dini asoslari oʻqitilgan. Rus tili, hisob, yozuv, geom., tarix darslarini rus oʻqituvchisi, oʻzbek tili, arab tili, islom dini asoslarini oʻzbek muallimi oʻqitgan. Saidrasul Saidazizovning "Us todi avval" (1902), Aliasqar Kalininning "Muallimi soniy" (1903), S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat oʻqish kitoblari Rus-tuzem maktablarim. oʻquvchilarining asosiy darsliklari boʻlgan. Ayrim Rus-tuzem maktablarim. qoshida kattalar uchun (rus grammatikasi asosini oʻrgatish maqsadida) kechki maktablar, koʻchmanchi aholi uchun esa internatlar tashkil kilingan. Keyinchalik 2 y.lik va ayollar uchun ham Rus-tuzem maktablarim. ochilgan. Rus-tuzem maktablarim. mahalliy aholining bir qismiga oʻsha davr uchun ilgʻor boʻlgan madaniyat yutuqlaridan baxramand boʻlish imkonini yaratgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil