Kontent qismiga oʻtish

Robert Hooke

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Robert Hukdan yoʻnaltirildi)
Robert Guk
Tavalludi 18 (28) iyul 1635
Vafoti 3 (14) mart 1703
Fuqaroligi Kingdom of England
Otasi John Hooke
Onasi Cecily Gyle

Robert Guk (inglizcha: Robert Hooke; 1635-yil 18-iyul, Uayt oroli1703-yil 3-mart, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. Guk havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, koʻzguli teleskop, shamol kuchini oʻlchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan („hujayra“ soʻzini fanga Guk kiritgan). Guk Gyuygens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qoʻyilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi bogʻlanish qonunini kashf etgan (qarang Guk qonuni). Guk osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbitalar boʻyicha harakatlanishini aniqlagan. Yorugʻlikning toʻlqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil