Kontent qismiga oʻtish

Frank Lloyd Wright

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rayt Frank Lloyddan yoʻnaltirildi)
Frank Lloyd Wright
Tavalludi 8-iyun 1867[1][2][3][4][5]
Vafoti 9-aprel 1959[1][2]
Fuqaroligi AQSh
Otasi William Carey Wright[3]
Onasi Anna Lloyd Jones Wright[3]

Frank Lloyd Wright (talaffuzi: Frank Lloyd Rayt; 8-iyun 1869-yil, Richland Center, Viskonsin — 9-aprel 1959-yil, Phoenix, Arizona) — amerikalik meʼmor. Chikagodagi meʼmorlar Joseph Lyman Silsbee (1887) va Louis Sullivan (1888) ustaxonalarida taʼlim olgan. Qurilish materiallari va qurilmalarning manzara bilan uygʻunlashuvidagi shakllarning oʻziga xos mutanosibligini koʻrsatish Wright ijodining asosini tashkil etdi. Qurilish ishlarida meʼmoriy talablardan, inshoot qurilish shartlari va maqsadlaridan ratsional va maksimal foydalanishni talab etdi. Dastlab kichik turar joylar meʼmorligi bilan shugʻullanib, keyinchalik bino va inshootlar loyihasini yaratgan (Buffalodagi „Larkin“ firmasi, 1905; Tokiodagi „Imperial“ mehmonxonasi, 1916—22; „Sharshara ustidagi uy“, Pensilvaniya shtati, 1936; Nyu-Yorkdagi Guggenxeym muzeyi, 1956—59 va boshqalar). Wright loyihalarining Berlinda utkazilgan koʻrgazmasi (1910) Yevropa meʼmorligi rivojiga turtki boʻldi. 30-yillarda Wright organik arxitektura asoschisi va yetakchi ustasiga aylandi. 20-asr meʼmorligining shakllanishi va rivoj topishida Wright ijodining taʼsiri katta boʻldi.

  • Budusheye arxitekturi, M., 1960.
  • Goldshteyn A.F., F.L.Wright, M, 1973.



  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 3,2 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)