Rafael van der Vaart
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rafael Ferdinand van der Vaart[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-fevral 1983-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Heemskerk, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.76 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1987–1993 | De Kennemers | ||
1993–2000 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2005 | Ajax | 117 | (52) |
2005–2008 | Hamburger SV | 74 | (30) |
2008–2010 | Real Madrid | 58 | (11) |
2010–2012 | Tottenham Hotspur | 63 | (24) |
2012–2015 | Hamburger SV | 78 | (16) |
2015–2016 | Betis | 7 | (0) |
2016–2018 | Midtjylland | 17 | (2) |
2018 | Esbjerg | 3 | (0) |
Total | 417 | (135) | |
Milliy terma jamoa | |||
1998–1999 | Niderlandiya U17 | 13 | (5) |
1999–2000 | Niderlandiya U19 | 8 | (2) |
2000–2001 | Niderlandiya U21 | 4 | (2) |
2001–2013 | Niderlandiya | 109 | (25) |
Boshqargan klublari | |||
2021–2023 | Esbjerg (yordamchi) | ||
2022 | Esbjerg (vaqtinchalik) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Rafael Ferdinand van der Vaart (talaffuzi: Rafael Ferdinand van der Vart) – futbolchilik faoliyatini yakunlagan gollandiyalik futbolchi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U Gollandiya terma jamoasida oʻynagan. Amsterdamning „Ajax“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U jarima zarbalaridagi yuqori mahorati va yaxshi texnikasi bilan ajralib turardi.
U milliy terma jamoa safida ketma-ket uchta Yevropa chempionatlarida va ikkita jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U 2004-yilgi Yevropa chempionatida bronza, 2010-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gollandiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan besh futbolchidan biri hisolanadi[4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn yoshida Rafael van der Vaart mamlakatning eng kuchli klublaridan biri „Ajax“ning Amsterdam maktabini koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Uning qobiliyatlari bolalar jamoasi murabbiylarini hayratda qoldirgan va yosh futbolchi qabul qilingan. Oʻn yetti yoshida Rafael 1999-2000-yilgi mavsumda „Den Bosch“ga qarshi oʻyinda (1:1) „Ajax“ jamoasida debyut qilgan. U gʻayrat va yaxshi texnika bilan oʻynagan boʻlsa-da, oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmagan
2000-2001-yilgi mavsum boshida Rafael zaxiradan maydonga tushdi, ammo mavsum oʻtishi bilan „Ajax“ bosh murabbiyi Ko Adrianse oʻzining yosh yarim himoyachisiga ishonib, maydonda koʻproq vaqt ajratgan. U markaziy hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini egallagan, baʼzida yarim himoyaning chap qanotida oʻynagan. Oʻsha mavsumda klub muxlislari yosh futbolchida katta salohiyat borligini koʻrib, uni „Ajax“ning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanladilar.
„Real Betis“ jamoasi safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 15-iyunida Rafael Ispaniyaning „Real Betis“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[5]. 2015-2016-yilgi mavsumda u Ispaniya chempionatida bor yoʻgʻi 7 ta, Ispaniya kubogida esa yana ikkita oʻyin oʻtkazgan.
Niderlandiya terma jamoasi safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rafael 2001-yilning 6-oktabrida 18 yoshida Niderlandiya terma jamoasida Andorraga qarshi debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida Yevro-2004, JCh-2006, Yevro-2008 va JCh-2010 da oʻynagan. Jovanni van Bronxorst faoliyatini yakunlagach, terma jamoa sardori boʻldi. Yevro-2012da u Portugaliya darvozasiga gol urgan. Gollandiya 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chiqib ketdi.
U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2013-yilda oʻtkazgan. Rafael Gollandiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kirgan, biroq 2014-yilning may oyi oxiridagi jarohati tufayli u yakuniy arizaga kiritilmagan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Liga kubogi | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Ajax | 1999-2000 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2000-2001 | 27 | 7 | 1 | 0 | — | 4 | 2 | — | 32 | 9 | |||
2001-2002 | 20 | 14 | 2 | 2 | — | 5 | 1 | — | 27 | 17 | |||
2002-2003 | 21 | 18 | 2 | 0 | — | 6 | 2 | 1 | 2 | 30 | 22 | ||
2003-2004 | 26 | 7 | 1 | 0 | — | 7 | 1 | — | 34 | 8 | |||
2004-2005 | 22 | 6 | 2 | 0 | — | 7 | 1 | 1 | 0 | 32 | 7 | ||
Jami | 117 | 52 | 8 | 2 | — | 29 | 7 | 2 | 2 | 156 | 63 | ||
Hamburger SV | 2005-2006 | 19 | 9 | 2 | 0 | — | 8 | 5 | 7 | 2 | 36 | 16 | |
2006-2007 | 26 | 8 | 0 | 0 | 2 | 0 | 5 | 3 | — | 33 | 11 | ||
2007-2008 | 29 | 12 | 4 | 4 | — | 9 | 3 | 2 | 2 | 44 | 21 | ||
Jami | 74 | 29 | 6 | 4 | 2 | 0 | 22 | 11 | 9 | 4 | 113 | 48 | |
Real Madrid | 2008-2009 | 32 | 5 | 1 | 0 | — | 7 | 0 | 2 | 0 | 42 | 5 | |
2009-2010 | 26 | 6 | 2 | 1 | — | 3 | 0 | — | 31 | 7 | |||
Jami | 58 | 11 | 3 | 1 | — | 10 | 0 | 2 | 0 | 73 | 12 | ||
Tottenham Hotspur | 2010-2011 | 28 | 13 | 1 | 0 | 0 | 0 | 7 | 2 | — | 36 | 15 | |
2011-2012 | 33 | 11 | 4 | 1 | 1 | 0 | 1 | 1 | — | 39 | 13 | ||
2012-2013 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | ||
Jami | 63 | 24 | 5 | 1 | 1 | 0 | 8 | 3 | — | 77 | 28 | ||
Hamburger SV | 2012-2013 | 27 | 5 | 0 | 0 | — | — | — | 27 | 5 | |||
2013-2014 | 27 | 7 | 3 | 1 | — | — | 2 | 0 | 32 | 8 | |||
2014-2015 | 24 | 4 | 2 | 1 | — | — | 1 | 0 | 27 | 5 | |||
Jami | 78 | 16 | 5 | 2 | — | — | 3 | 0 | 86 | 18 | |||
Real Betis | 2015-2016 | 7 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||
Midtjylland | 2016-2017 | 15 | 2 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | — | 18 | 2 | ||
2017-2018 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |||
Jami | 17 | 2 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | — | 20 | 2 | |||
Esbjerg fB | 2018-2019 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | |||
Umumiy karyerasida | 417 | 135 | 32 | 10 | 3 | 0 | 70 | 21 | 16 | 6 | 538 | 171 |
Xalqaro statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Mavsum | ||
---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | ||
Niderlandiya | 2001-yil | 1 | 0 |
2002-yil | 2 | 0 | |
2003-yil | 10 | 3 | |
2004-yil | 13 | 1 | |
2005-yil | 9 | 2 | |
2006-yil | 5 | 1 | |
2007-yil | 10 | 5 | |
2008-yil | 14 | 1 | |
2009-yil | 10 | 2 | |
2010-yil | 14 | 1 | |
2011-yil | 5 | 1 | |
2012-yil | 10 | 4 | |
2013-yil | 6 | 4 | |
Jami | 109 | 25 |
Mukofotlari va yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub bilan erishilgan yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ajax“
- Gollandiya chempioni (2): 2001-2002, 2003-2004
- Gollandiya kubogi gʻolibi: 2001-2002
- Gollandiya superkubogi sohibi: 2002-yil
- Jami: 4 ta kubok
„Real Madrid“
- Ispaniya Superkubogi sohibi: 2008-yil
- Jami: 1 kubok
Niderlandiya terma jamoasi
- 2004 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori
- 2010 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori
- Jami faoliyati: 8 ta sovrin
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amsterdamning eng yaxshi yosh sportchisi (3): 1999, 2000, 2001
- Amsterdamning eng yaxshi sportchisi: 2001-yil
- Amsterdam turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2002 yil
- Golden Boy mukofoti sovrindori: 2003-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acta del Partido celebrado el 08 de mayo de 2016, en Eibar“ [Minutes of the Match held on 8 May 2016, in Eibar] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
- ↑ „R. van der Vaart“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „Spielerprofil – Rafael van der Vaart“ (de). Hamburger SV. 2013-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ Van der Vart poluchil nagradu ot UYeFA za 100 matchey, sigrannix za Niderlandi
- ↑ „Van der Vaart: «Es un gran Club y tengo muchas ganas de empezar».“ (es). realbetisbalompie.es. 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Rafael van der Vaart haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Rafael van der Vaart – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Rafael van der Vaart WorldFootball.net saytida
- Rafael van der Vaart Soccerbase saytida
- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- AFC Ajax futbolchilari
- Hamburger SV futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Real Betis futbolchilari
- FC Midtjylland futbolchilari
- Esbjerg fB futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Eredivisie futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Daniya Superligasi futbolchilari
- UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- Futbol murabbiylari
- Niderlandiyalik futbol murabbiylar
- Golden Boy gʻoliblari