Kontent qismiga oʻtish

Maqsud Qoriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoriyev Maqsuddan yoʻnaltirildi)

Maqsud Qoriyev (1926.1.8, Toshkent) — yozuvchi va jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994). "Toshkent haqiqati" gaetasida muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1954— 63), "Sovet Oʻzbekistoni" gach. (1964-84), "Mushtum" jurnalida bosh muharrir (1984—92). Jurnalistik faoliyati 50-yillarning boshlaridan, adabiy faoliyati esa 60-yillarning 2-yarmida kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan. Maqsud Qoriyevning "Oydin kechalar" (1968), "Jiyda gullaganda" (1970), "Oy tutilgan kecha" (1971). "Qiz uzatib borganda" (1972). "Afrosiyob goʻzali" (1974). "Turnalar baland uchadi" (1976) qissa va hikoyalar toʻplamlarida yosh tmondosh.tari hayotiga murojaat etib, ular hayoti va ruhiy olamida kechayotgan oʻzgarishlarni tasvirlashga alohida ahamiyat bergan. Q.ning keyingi ijodida tarixiy oʻtmish mavzui ustuvorlik qiladi: "Spitamen" (1985), "Ibn Sino" (1995). "Gʻaznaviylar" kabi tarixiy romanlar, "Ibn Sinoning bolaligi" (2002) qissasi kitobini yozgan. Maqsud Qoriyev shuninglek, "Davlat va huquq nazariyasi" darsligi mualliflaridan biri. Maqsud Qoriyevning lirik qissalari asosida "Mirzo va Lola" telespektakli, "Qaldirgʻochlar bahorda keladi" (rejissyor H.Ahmar). "Qiz uzatib borganda" (rejissyor U.Nazarov) badiiy filmlari yaratilgan.

Maqsud Qoriyev"Shuhrat" medali (1996) va "El-yurt hurmati" (1998) ordeni bilan taqdirlangan.

  • Saylanma asarlar [3 j.lp]. 1—2j., T.. 2000.