Kontent qismiga oʻtish

Hojimuqon Munaitpasov (stadion, Chimkent)

Koordinatalari: 42°20′08″N 69°35′37″E / 42.335493°N 69.593568°E / 42.335493; 69.593568
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qajymuqan Munaitpasov Stadium
Sobiq nom(lar)i 50th anniversary of October Revolution
Joyi Chimkent, Qozog'iston
Koordinatalari 42°20′08″N 69°35′37″E / 42.335493°N 69.593568°E / 42.335493; 69.593568
Qachon qurilgan 1969
Qachon ochilgan 1969
Qachon taʼmirlangan 2018
Egasi Chimkent hokimligi
Yuzasi Grass
Hajmi
20,000
[1][2]
Maydon oʻlchami
110x70
Maydon egalari

Hojimuqon Munaitpasov nomidagi markaziy stadion – Chimkentdagi futbol stadioni. Stadion sigʻimi 20 000 kishi.

1969-yilda qurib bitkazilgan. Sovet davrida u „Oktyabrning 50 yilligi“ deb nomlangan. Chimkentning „Meliorator“ klubi SSSR chempionatlarida stadiondan uy arena sifatida foydalangan. Keyinchalik „Ordabasi“ klubi stadionning asosiy uy jamoasi aylangan. Stadion kattaligi boʻyicha respublikada uchinchi oʻrinda turadi. 2007-yilda birinchi xalqaro musobaqa – „Olma-TV“ turniri boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon futbol jamoalari ishtirok etishgan[3]. Qozogʻistondagi boshqa stadionlardan farqli oʻlaroq, bu stadiondagi tribunalar aylana xolatida joylashgan. Tribunalar qisman yangilangan va plastik oʻrindiqlar qoʻshilgan. Uy uchrashuvlarini Chimkentning „Ordabasi“ jamoasi oʻtkazadi.

2018-yilda stadionga yoritish ustunlari oʻrnatilgan. Stadion yunon-rum kurashi boʻyicha bir necha karra jahon chempioni, qozogʻistonlik kurashchi Qojimuqan Munaitpasov (1871—1948) nomi bilan atalgan.

  1. „Профессиональная футбольная лига Казахстана“ (ru). pflk.kz. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  2. „Ордабасы Шымкент - Стадион - Kazhimukan Munaytpasov Stadion“ (ru). www.transfermarkt.world. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. http://www.fcordabasy.kz/rus/stadion (Wayback Machine saytida 2018-01-29 sanasida arxivlangan)