Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo‘rg‘ondan yoʻnaltirildi)

Qoʻrgʻon:

1) qum, tuproqdan hosil qilingan sunʼiy tepa. Qoʻrgʻon, koʻpincha aylana, oval, toʻgʻri toʻrtburchak, kvad-rat tarhli, atrofi devor bilan oʻralib, ichini qum, tuproq, shagʻal bilan toʻldirib sunʼiy hosil qilingan. Qoʻrgʻonlar uzoq oʻtmishda mudofaa maqsadlari uchun xizmat qilgan. Oʻzbekiston hududidagi Tepaqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Tuproqqoʻrgʻon, Gʻishtqoʻrgʻon kabi qishloq nomlari shundan;

2) oʻrta asrlarda qalin va baland mudofaa devori bilan oʻrab qurilgan, asosan, bir darvozali shahar qalʼa. Tabiiy tepaliklarda, baʼ-zan baland supa ishlanib ustida bunyod etilgan;

3) baland devor bilan oʻralgan hovli, atrofi koʻpincha ekinzorlardan iborat boʻlgan;

Mozorqoʻrgʻon

4) Mozorqoʻrgʻon - qad. qabriston turi (mozorqoʻrgʻon), Jan.-Sharqiy Osiyoda jasadni quydirish rasm boʻlgan xalqlarda marhumning xoki ustiga tulroq tashlangan, shu tarzda tuproq tashla-naverib, qoʻrgʻon hosil boʻlgan. Amerika, Yev-ropa, Shimoliy Osiyoda yogʻoch, tosh, loy-tuproqdan maxsus inshootlar qurib dafn etiladigan joylar tayyorlangan, bu inshootlar ustiga tuproq yotqizilgan, goh gumbaz bilan yopilgan. Qoʻrgʻonlarning balandligi 3–6 m, diametri 3— 4m Oʻzbekistonning Namangan viloyatidagi 1—5-alarga mansub Goʻrimiron qoʻrgʻoni (balandligi 1–2 m, diametri 4–6 m)da marhumlar sopol idishlar, temir qurollar bilan dafn etilgan. Bunday qoʻrgonlar Toʻytepa, Chirchiq, Samarqand viloyatidan hamda Lavandak qabristonidan topilgan.