Kontent qismiga oʻtish

Bolotnikov qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻzgʻoloni Bolotnikovdan yoʻnaltirildi)

Bolotnikov qoʻzgʻoloni (1606–07) – krepostnoylikka qarshi xoloplar, dehqonlar, shaharliklar, streleslar, kazaklarning Ivan Bolotnikov yetakchiligidagi qoʻzgʻoloni. 1606-yilning iyulida Janubiy-Gʻarbiy Rossiyada boshlangan. Qoʻzgʻolonchilar 1606-yil avgust–sentabrda Kromi va Kaluga yaqinida podsho qoʻshinlariga zarba berishgan. Podsho Vasiliy IV Shuyskiy siyosatidan norozi boʻlgan dvoryanlar unga qarshi qoʻzgʻalib, oʻz otryadlari bilan Bolotnikov qoʻzgʻoloni ga kelib qoʻshilganlar. Koʻzgʻolonchilarning Kromi va Yeles atrofida hamda Ugra, Lopasnya daryolari boʻyida podsho askarlari ustidan qilgan gʻalabalaridan soʻng qoʻzgʻolon juda keng hudud (Rossiyaning jan.gʻarbi, janubidagi 70 ga yaqin shaharlar, shuningdek quyi va oʻrta Volga boʻyi) ga yoyilgan. Qoʻzgʻolonchilar Moskvani 2 oy davomida (1606-yil 7-oktabrdan 2-dekabrgacha) qamal qilib turganlar. Podsho hukumatining qoʻzgʻolonchilar orasida ixtilof chiqarib, dvoryan otryadlarini dehqonlardan ajratish maqsadidagi turli nayranglari natijasida Moskva yonidagi jangda (1606-yilning noyabr) dvoryan otryadlari dehqonlarga xiyonat kilib, podsho tomoniga oʻtib ketgan. Qoʻzgʻolonchilar shu tufayli Kotla daryosi boʻyida magʻlubiyatga uchrab (1606-yil 2-dekabr) Kalugaga chekinganlar. 1607-yil yozkuz fasllarida qoʻzgʻolonchilar Ileyka Muromes otryadlari bilan Tula ostonalarida podsho qoʻshini bilan kurashganlar. 4 oylik qamaldan soʻng Tula taslim boʻlgach (1607-yil 10-oktabr), Bolotnikov qoʻzgʻoloni bostirilgan.[1]

  1. "Bolotnikov qoʻzgʻoloni" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil