Kontent qismiga oʻtish

Kotyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻtandan yoʻnaltirildi)

Kotyan, Qoʻtan (13-asr) — Dashti Qipchoqning gʻarbidagi qipchoq (polovets) xonlaridan; Sutoyxon oʻgʻli. 1205-yil Galich knyazi Roman vafot etgach, Galich knyazligida olib borgan janglaridan birida asir tushishiga sal qolgan. 1223-yil moʻgʻullarni Dashti Qipchoqqa qilgan bosqinidan soʻng, K. Galichga, kuyovi knyaz Mstislav huzuriga kelib, undan va barcha knyazlaridan moʻgʻullarga qarshi kurashida yordam berishlarini soʻragan, yordam berishga vaʼda qilingan. Rus knyazlarining birlashgan kuchlari K. bilan birga Kalka jangida moʻgʻullar tomonidan butkul tor-mor qilinadi. 1225-yil Mstislav K.ni Daniil Romanovich bilan ittifoq tuzgan lyaxlarga qarshi kurashish maqsadida chaqirtirgan, 1228-yil K. Kiyevning ulugʻ knyazi Vladimir Ryurikovichga Daniilga qarshi kurashida yordamlashgan; keyinchalik K. qigtchoqlari Vengriyaga qarshi jang qilgan Daniilga yana yordam berishgan. 1238-yil Ashtarxon dashtlarida Botuxondan magʻlub boʻlgan K. 40 ming kishilik qabiladoshlari bilan Vengriyaga qochib borgan, u yerda qirol K.ni fuqarolikka qabul qilib, qabilasi uchun yer ajratib bergan.

  • Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990; Kochevniki srednevekovya, M., 1982.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil