Papua Yangi Gvineya
Papua Yangi Gvineya Mustaqil Davlati Papua Niugini
| |
---|---|
Shior: Unity in Diversity | |
Madhiya: O Arise, All You Sons | |
Poytaxt | Port Moresbi |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili, Hiri Motu tili, Tok Pisin tili, Papua Yangi Gviney Imo-ishora tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Rohib |
Yelizaveta II |
Ser Paulias Matane | |
Ser Michael Somare | |
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Avstraliya ma'muriyatidan) | |
• Sana |
16-sentabr 1975 |
Maydon | |
• Butun |
462,840 km2 (54-oʻrin) |
• Suv (%) |
2 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
5,545,268 (107-oʻrin) |
• Zichlik | 11/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$13,350 mil. (129-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$2,407 |
Pul birligi | Kina (PGK) |
Vaqt mintaqasi | UTC+10...+11 |
• Yoz (DST) |
UTC+10...+11 |
Qisqartma | PP |
Telefon prefiksi | 675 |
Internet domeni | .pg |
|
Papua Yangi Gvineya (Papua New Guinea), Papua Yangi Gvineya Mustaqil Davlati (Independent State of Papua New Guinea) poytaxti — Port Moresby shahri. BMT aʼzosi. Okeaniyada, Tinch okeanning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Gʻarbda Indoneziya bilan chegaradosh, qolgan qismi dengizlar bilan oʻralgan. Papua Yangi Gvineya tarkibiga Yangi Gvineya orolning sharqiy qismi va unga yondosh orollar, Bismark arxipelagi, Solomon orollarining shimoliy kis-mi, D’Antrkasto orollari, Luiziada arxipelagi, Trobrian orollari, Murua orol va boshqa 200 ga yaqin katta kichik orollar ki-radi. Umumiy maydoni 462,8 ming km². Aholisi 5,172 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (province)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Papua Yangi Gvineya — parlamentli monarxiya, Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 i. 16-sentyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi); hukumatning takdimiga binoan va parlamentning qaroriga muvofiq tayinlanadigan general-gubernator uning nomidan ish koʻradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh va-zir boshchiligidagi Milliy ijroiya kengash (hukumat) amalga oshiradi.
Aholisining aksariyati papuaslar, melanezlar, shuningdek, yevropaliklar, asosan, ingliz-avstraliyaliklardan iborat. Rasmiy tili — ingliz tili. Koʻpchilik dindorlari — xristianlar, qolganlari mahalliy anʼanavii dinlarga eʼtiqod qiladi, ammo aholining koʻpchiligi papuas tillarida, melanezlar malay-polinez tilida soʻzlashadi, guruhlararo muomalada motu tilidan foydalaniladi. Aholining koʻp qismi qishloq joylarda, borish qiyin boʻlgan olis qishloklarda yashaydi. Shu sababli mamlakatda urf-odat va tillar juda koʻp (700 dan ortiq). Qishloq joylarda anʼanavii turmush tarzi saqlanib qolgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi Gvineyaga 16-asrning 1yarmida portugal dengizchi sayyoxlar kelganlar. 1884-yil Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi Angliya protektoratiga aylantirildi va u Papua nomini oddi, 1888-yil Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi, 20-asr boshlarida Avstraliya Ittifoqiga topshirildi. 1920-yil orolning Germaniya protektorata boʻlgan Shimoli-sharqig qismi (Yangi Gvineya hududi) ham, Millatlar Ittifoqining mandatiga binoan, Avstraliya Ittifoqi boshqa-ruviga olib berildi. 1949-yil Avstraliya hukumati uning ikkala qismini maʼmuriy jihatdan birlashtirdi va mamlakat Papua Yangi Gvineya nomini oddi. 1973-yil Papua Yangi Gvineya ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi. 1975-yil 16-sentyabrda esa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Papua Yangi Gvineya 1975-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16-sentyabr — Musta-qillik kuni (1975).
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 26%, sanoatning ulushi 26,6%. Asosan, kokos palmasi, kauchuk, banan, kofe, kakao yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun aholi yams, taro, maniok, makkajoʻxori, batat, shakarqamish ekadi; yovvoyi tarzda oʻsadigan non daraxti, saga palmasi va boshqa oʻsimliklar mevasini yigʻishtirib oladi. Goʻshtbop chorvachilik, baliq ovlash rivojlangan, yogoch tayyorlanadi. Oziqovqat va yogʻochsozlik sanoati mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Mis (koʻproq Solomon o.larida), oltin, kumush, rux kazib oli-nadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 20 ming km ga yaqin. Chetga oltin, kofe, mis, kopra, yogʻoch-taxta, kakao chikaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, sanoat mollari oladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — kina.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Melanez ittifoqi, 1978-yil asos solingan; Xalq harakat partiyasi, 1985 tuzilgan; Xalq ilgʻor partiyasi, 1970-yilda tashkil etilgan; Xalq-demokratik harakati, 1985-yil asos solingan; Milliy partiya, 1979-yil tuzilgan; Pangu Pati ("Birlashgan Papua Yangi Gvineya partiyasi"), 1967-yil tashkil etilgan; Papua Yangi Gvineya birinchi partiyasi, 1998-yil asos solingan. Papua Yangi Gvineya kasaba uyushmalari kongressi, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gaz.lari "Niugini nius" ("Yangi Gvineya yangiliklari", mahalliy tildagi kundalik gaz., 1979-yildan), "Neshnl" ("Milliy", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1993-yildan), "Papua— Nyugini postkuryer" ("Papua— Yangi Gvineya pochta kuryeri", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1969-yildan). Papua Yangi Gvineya milliy radioeshittirish korporatsiyasi tijorat mahkamasi boʻlib, 1973-yil asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |