П (kirill)
Qiyofa
(P (kirill)dan yoʻnaltirildi)
П — oʻzbek kirill alifbosining oʻn yettinchi harfi. Lablab, portlovchishovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Soʻzning boshi (paxta, poda, paypoq), oʻrtasi (tuproq, oppoq) va oxirida (qop, ip, toʻp) qoʻllana oladi. Biroq koʻp boʻgʻinli soʻzlarning oxirida kamroq uchraydi. Pekin talaffuzda soʻz oxirida kelgan b tovushi, shuningdek, oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlarda uchraydigan f tovushi aksariyat hollarda p tovushiga almashadi (borib — borip, kelib — kelip; gʻazab — gʻazap, fabrika — pabrika, foyda — poyda kabi), lekin bu hodisalar imlo (yozuv)da aks etmaydi. P Avesto, Urxun-Yenisey, sugʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab, lotin alifbosi asosidagi uzbek yozuvida oʻziga xos koʻrinishga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |