Oʻpkaning tarqoq sili
Oʻpkaning tarqoq sili uni chaqiruvchi sil tayoqchalarining butun oʻpka boʻylab yoki uning koʻp qismida tarqalishi natijasida, juda koʻp sil oʻchoqlarning paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Silning bu turi kelib chiqishi va klinik belgilari boʻyicha oʻziga xos xususiyatlarga ega.[1]
Etilologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi bor aniqlangan bemorlar orasida oʻpkaning tarqoq sili 5-9 % ni tashkil etadi, silga qarshi kurashuvchi dispanserlar hisobidagi kasallar orasida esa 12-15 % ni tashkil etadi. Oʻpkaning tarqoq sili bolalar va oʻsmirlar orasida nisbatan kamroq uchraydi. Kelib chiqishi jihatidan oʻpkaning tarqoq sili baʼzan birlamchi sil bilan bogʻliq boʻlsa boshqa paytlarda ikkilamchi silga bogʻliq boʻladi. Oʻpkaning tarqoq sili sil tayoqchalarining butun oʻpka boʻylab, qon, limfa tomirlari baʼzan bronxlar orqali tarqalishi natijasida kelib chiqadi. Oʻpkaning tatrqoq sili rivojlanishi uchun bir qancha shartlar mavjud boʻlmogʻI zarur. Shulardan birinchisi, sil tayoqchalarining qon tomirlari orqali tarqalishi hisoblanadi, ammo bu asosiy sabab boʻla olmaydi. Yuqoridagi holat bilan birga makroorganizmning sil infeksiyasiga qarshi tabiiy kurashish qobiliyati va silga qarshi immunitet juda past boʻlsa, organizmning ayniqsa, oʻpka toʻqimasining, uning qon tomirlarining infeksiyaga nisbatan sezgirligi juda baland boʻlsa, tarqoq sil rivojlanadi.
Klinik koʻrinishi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ich terlamasi koʻrinishidagi xili oʻta oʻtkir tusda toʻsatdan tana harorati koʻtarilib, titroq, bosh ogʻrigʻI, alahlash va baʼzan hushdan ketish bilan boshlanadi. Kasallik boshlangandan 10-14 kun oʻtgach qilingan rentgenogrammada juda koʻp mayda oʻchoqlarning boʻlishi bemorda oʻpkaning miliar sili borligini tasdiqlaydi.
Davolash.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi marta oʻpkaning tarqoq sili aniqlangan bemorlarni albatta shifoxona sharoitida izoniazid, rifampitsin, streptomitsin zarur boʻlsa tizamid berib to sil oʻchoqlari soʻrilib, qotib qolguniga qadar kovaklar berkitulgunicha davolash zarur.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Tursunov. Tarqoq sil. Toshkent: Abu ali ibn sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1999 — 152-bet. ISBN 978-5-638-01272-9.
- ↑ Oripov. Tarqoq sil, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008-yil — 156-158-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.