Kontent qismiga oʻtish

Oʻnkurash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'nkurashdan yoʻnaltirildi)

Oʻnkurash — yengil atletikanij 10 turi boʻyicha erkak sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. Oʻ. musobaqalari 2 kun davom etadi: 1kun 100 m ga yugurish, uzunlikka sakrash, yadro irgʻitish, balandlikka sakrash, 400 m ga yugurish, 2kun 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish, lappak uloqtirish, langarchoʻpda sakrash, nayza uloqtirish, 1500 m ga yugurish musobaqalari oʻtkaziladi. Sportchiga har bir turda koʻrsatgan natijasiga mos ochko yoziladi. Gʻolib barcha turdagi ochkolar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi. Oʻ. 1912-yilda olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Jahonda Refer Jonson, Bryus Jenner (AQSH), Jeyms Tomson (Buyuk Britaniya), Roman Shebrle (Chexiya) kabi Oʻ.chilar yuqori natijalarga erishgan. Oʻzbekistonlik Nikolay Ovsyannikov, Vadim Kolobov, Ramil Gʻaniyev, Leonid Andreyev singari Oʻ.chilar xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqishgan.