Kontent qismiga oʻtish

Nuʼmon Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Noʻmonjon Murodovdan yoʻnaltirildi)

Nuʼmon Murodov (1915.5.5 — Andijon — 1988.13.9) — Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Ijodiy faoliyatini havaskorlik teatr jamoalarida boshlagan. 1934—88 yillar Andijon teatrida aktyor (1949—52 yillar direktor). M.ning aktyorlik sanʼati A. Manatov va A. Bakirov ijodi taʼsirida shakllandi. Qahramonlarning ichki kechinmalari va tuygʻularini tabiiy va haroratli ifoda etish, obrazning koʻp qirraliligini yorqin aks ettirish M. ijodiga xos. Alisher Navoiy ("Alisher Navoiy"), Qorabotir ("Tohir va Zuhra"), Yusuf ("Xolisxon"), Yarovoy ("Lyubov Yarovaya"), Murodov ("Iroda"), Bahodir ("Bahodir"), Tibalt ("Romeo va Julyetta"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), shahar hokimi ("Revizor"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Ezop ("Ezop") kabi obrazlarida aktyor ma-horati namoyon boʻlgan. MURODOV Roʻzimbek (1928.21.3, Toʻrtkoʻl tumani) — baxshi, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Doston yoʻllarini bobosi Amin baxshi va otasi Murod baxshilardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956).

Oʻzbekiston radio va televideniyesidagi oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida dirijyor (1957—65), Toshkent musiqa bilim yurtida (1952—92), Abdulla Krdiriy nomidagi madaniyat institutida (2001-yildan) pedagog. M. Xorazm dostonchilik sanʼati anʼanalarini eroniy va shirvoniy uslublarini omuxta yoʻnalishida oʻziga xos ovoz bilan ijro etadi. Soʻz aytishi burro, yuqori nutq sanʼati bilan tinglovchini tezda oʻziga jalb qila oladi. Repertuaridan 20 dan ortiq doston oʻrin olgan: "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Goʻroʻgʻli", "Najab oʻgʻlon", "Xirmon Dali", "Sayodxon Hamro", "Maxtumquli", "Paygʻambar Ibroxim xalilulloh", "Fidoiy" (E. Oxunova bilan birgalikda) va boshqa "Ona shabrim Toshkentim", "Sanʼat saodatimdir", "Mudom orzu aylab" kabi qoʻshiqlarga musiqa yozgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil